O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ishtirok etadi

© IA "Jaxon"25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON
25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda, delegatsiya BMT rahbariyati bilan uchrashadi va O‘zbekiston-AQSh muzokaralari o‘tkazadi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 14-21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Tashrifi davomida delegatsiya Delegatsiya BMT Xavfsizlik kengashi majlisida, vazirlar darajasidagi uchrashuvda va BMT bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.  

“Delegatsiya BMT Xavfsizlik kengashining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi”, — deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek, tashrif dasturida delegatsiya a’zolari ishtirokida Vashington shahrida O‘zbekiston — AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0