AQSh Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning birida "S5+1" formatida uchrashuv o‘tkazmoqchi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyo birlashayotgani va mintaqaning umumiy muammolarini hal qilayotganidan xursand, deb qayd etgan AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. AQSh Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning birida "S5+1" formatidagi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi) uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells bayonotiga tayangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari TIV rahbarlari Vashingtonda S5+1 shaklida uchrashuv o‘tkazdilar - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Jon Kerri bilan hamkorlikni muhokama qildilar
Bunday formatdagi ilk uchrashuv 2015-yil 1-noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan.

"Ushbu format konstruktiv va samarali bo‘lib qolmoqda. Avvalgi ma’muriyat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bu format AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ham to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda. Davlat kotibimiz Reks Tillerson Nyu-Yorkda o‘z hamkasblari bilan bu doirada uchrashgandi. Kelgusida Markaziy Osiyoda shunday uchrashuv o‘tkaziladi. Bu loyihani mustahkamlash uchun AQSh Kongressi 15 million dollar mablag‘ ajratgan", — deb ta’kidlagan, degan Elis Uells telefon orqali o‘tkazilgan brifing davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyo birlashayotgani va mintaqaning umumiy muammolarini hal qilayotganidan xursand.

Yangiliklar lentasi
0