TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Axmat Qodirov nomidagi regional jamoatchilik fondi Bangladeshda myanmalik qochqinlar lagerida yetim-bolalar uchun maktab ochdi, deb xabar qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.
Qodirov shuningdek, maktabdagi o‘qituvchilarga maosh to‘lanishi, maktab kutubxonasi uchun allaqachon kitoblar xarid qilinganiga aniqlik kiritgan. Bolalar darsliklar va kiyim-kechak bilan ta’minlangan, bir kunda ikki mahal ovqatlanishadi.
"Dastlabki loyiha bo‘yicha ikkita quduq qazilishi kerak edi. Ammo suv favqulodda kamligi. yetishmasligini tushunib, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomidagi jamoatchilik fondi quduqlar sonini yigirmatagacha yetkazishga qaror qildi. Ulardan yettitasi ekspluatatsiyaga kiritilgan", — qo‘shimcha qilgan Qodirov.
Lagerda shuningdek, tibbiyot punktlari ochiladi. "Bu yirik ijtimoiy loyiha bo‘lib, bir nechta masalalarga yechim topishga qaratilgan. Birinchi galda, kichik yoshdagi bolalar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi. Boshlang‘ich ta’limni olishga ulgurgan bolalar esa fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytiradilar… Minglab bolalar, o‘smirlar, yigit va qizlar savodli bo‘ladi, ochlik neligini unutishadi", — xotima qilgan Checheniston rahbari.