TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda jinoyatchini tutib berganga 3 million 500 ming so‘m to‘lanadi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan "Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorida aytilgan.
qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to‘xtatishi va uni to‘liq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha uni fosh etishga ko‘maklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
bedarak yo‘qolgan shaxs haqida bergan ma’lumoti asosida uning aniqlanishi;
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirish tegishli idoralararo komissiyalar tomonidan quyidagi miqdordagi to‘lovlarni to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tuman (shahar) idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha;
Respublika idoralararo komissiyasi — eng kam oylik ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarining vakillari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotlariga ham tavsiya etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, jinoyatchilarni tutganlarga mukofot berish an’anasi ko‘proq G‘arb davlatlarida keng tarqalgan.