O‘zbekiston 2030-yilgacha xorijlik turistlar sonini 20 mln nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristicheskaya Buxara
Turisticheskaya Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
Turistik xizmatlar eksporti 10 mlrd dollarga yetkaziladi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. O‘zbekiston 2030-yilgacha xorijlik turistlar sonini 20 mln nafarga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev “2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
“Biz 2030-yilgacha xorijlik turistlar sonini 20 million nafarga, turistik xizmatlar eksportini 10 milliard dollarga, sohada band aholini 2 million nafarga, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 7 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Ta’kidlanishicha, ishbilarmonlik, sarguzasht va ekstremal, agro va etno, tibbiyot hamda gastronomiya turizmi yo‘nalishlaridagi katta imkoniyatlarni ishga solish, ushbu sohalardagi tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish ishlari davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, tarixiy shaharlardagi madaniy meros obyektlariga tushadigan yukni kamaytirish, turistik oqimlarni yangi hududlarga yo‘naltirish maqsadida zamonaviy turistik majmualar, ixtisoslashgan turizm qishloqlari va mahallalari tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda bunday maskanlar soni 57 ta bo‘lib, 2030-yilga qadar ularni 140 taga yetkazish rejalashtirilgan.
2027 yilda O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish va uning yashovchanligini mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2026 yilning dastlabki o‘n oyida O‘zbekistonga 11,6 mln nafar sayyoh keldi. Bu 2025-yilning butun davriga teng ko‘rsatkichdir. Turistik xizmatlar eksporti 1,5 baravar o‘sib, 6 mlrd dollarga yetdi.
Xodjayev predlojil pat napravleniy dlya investitsiy v turizm Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Xodjayev O‘zbekiston turizmiga sarmoya kiritish uchun beshta yo‘nalishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0