Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiyning Ukraina mojarosining tugashi muddati haqidagi so‘zlari Trampni kuldirdi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tish Prezident SShA Donald Tramp
 Prezident SShA Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Ukraina mojarosini hal qilish uchun aniq muddat belgilamaganini ta’kidladi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Vladimir Zelenskiyning go‘yoki amerikalik muzokarachilar yanvargacha tinchlik kelishuviga erishishga intilishi haqidagi bayonoti AQSh prezidenti Donald Trampni kuldirdi.
“Kim aytdi buni? U mendan buni qilishimni xohlayapti?”, - dedi Tramp “New York Post” savoliga javoban.
Gazetaning ta’kidlashicha, Tramp kulib yuborgan va xonada o‘tirgan yordamchisi bilan ko‘z urishtirib olgan.
Amerika yetakchisi Ukraina mojarosini hal qilish uchun aniq muddat belgilamaganini qo‘shimcha qildi.
“Men shunchaki uning (mojaroning - tahr.) yakunlanishini xohlayman, - dedi Tramp. - Men bir kun kelib bunga erishishni istardim, lekin tango uchun ikki kishi kerak. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin”.
Moskva, Vashington va Kiyev vakillari o‘rtasidagi muzokaralarning oxirgisi 10-11 noyabr kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi. Asosiy mavzu mojaro tugaganidan keyin Yevropa xavfsizligi arxitekturasini muhokama qilish bo‘ldi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiyning ta’kidlashicha, tomonlar tinchlikka yaqinlasha oldi, ammo hozir ko‘p narsa jarayonning barcha ishtirokchilariga bog‘liq.
Shuningdek, delegatsiyalar yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli o‘zaro asirlar almashish to‘g‘risida kelishib oldi.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina bo‘yicha murosalar, saylovlar va Qrim ko‘prigiga javob haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0