Xodjayev YeOTB rahbari bilan uchrashdi: investitsiyalar 3 mlrd dollarga yetishi mumkin

© Press-slujba YeABRVstrecha predsedatelya Pravleniya YeABR Nikolaya Podguzova s zamestitelem premyer-ministra RUz Jamshidom Xodjayevim
Vstrecha predsedatelya Pravleniya YeABR Nikolaya Podguzova s zamestitelem premyer-ministra RUz Jamshidom Xodjayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOTB 2027-yilda O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 500 mln dollar sarmoya kiritmoqchi, hozir 10 ta istiqbolli loyiha ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2027-yilda O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 500 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 2031-yilga borib esa investitsiyalarning umumiy hajmi 3 mlrd dollarga yetishi mumkin. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va bankning O‘zbekiston bo‘yicha 2027-2031 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini muhokama qildi.

"O‘zbekiston YeOTB investitsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 2027-yilda biz O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 500 million dollar sarmoya kiritish niyatidamiz va hozirda investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan 10 ta potensial loyihani ko‘rib chiqmoqdamiz", — dedi Podguzov.

Uning ta’kidlashicha, moliyalashtirishning nosuveren mexanizmlaridan foydalanish davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz yukini oshirmasdan xususiy va xalqaro kapitalni jalb qilish imkonini beradi.
Tomonlar hamkorlikning beshta ustuvor yo‘nalishini belgilab oldi:
transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
suv-energetika barqarorligini mustahkamlash;
sanoat va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish;
raqamlashtirish;
moliyalashtirish vositalarini kengaytirish.
Jumladan, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, eksportni moliyalashtirish, yashil va islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, davlat kompaniyalari va xususiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, loyihalarni moliyalashtirish va sindikatlashtirilgan kreditlash mexanizmlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
YeOTB

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2025-yilda YeOTBga a’zo bo‘lib, bank kapitalidagi 10 foizlik ulush bilan uning uchinchi yirik aksiyadoriga aylandi. 2026-yilning may oyida bank Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi.

2026 yil iyun oyi yakuniga ko‘ra, YeOTBning jami investitsiyalari 22,1 mlrd dollarni, moliyalashtirilgan loyihalar soni esa 348 tani tashkil etgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Rukopojatie na fone flagov YeABR Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
YeOTB O‘zbekistonda qaysi sohalarga investitsiya kiritmoqda?
Yangiliklar lentasi
0