https://oz.sputniknews.uz/20261125/saudi-arabia-yemen-houthis-hujum-62278291.html
Saudiya Yamanga zarba berdi: husiylar Qizil dengizdagi portlarga hujum bilan tahdid qildi
Saudiya Yamanga zarba berdi: husiylar Qizil dengizdagi portlarga hujum bilan tahdid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Yaman husiylari Saudiya Arabistoni portlariga hujum qilish bilan tahdid qildi. Arab koalitsiyasi Hudayda portidagi obyektlarga zarbalar berdi. Mojaroning keskinlashishi xalqaro dengiz savdosiga xavf tug‘dirmoqda.
2026-11-25T10:09+0500
2026-11-25T10:09+0500
2026-11-25T10:26+0500
dunyo yangiliklari
saudiya arabistoni
neft
yaman
dunyoda
husiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62278056_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_e32d4e8701fcf958d69d4c03c93d9837.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni va Yamandagi "Ansor Alloh" harakati (husiylar) o‘rtasidagi qurolli mojaro keskinlashmoqda. So‘nggi 48 soat ichida Yamanda 41 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib, Saba agentligi xabar berdi.Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Jarohatlanganlarning yetti nafari ayollar, uch nafari bolalardir.Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi esa bugun Hudayda portidagi obyektlarga zarba berganini ma’lum qildi.Kecha husiylarning Ar-Riyod shahridagi eng baland binoga uyushtirgan hujumi oqibatida 11 kishi jarohatlandi. Mazkur binoda Saudiya Arabistonining Suveren investitsiya jamg‘armasi bosh qarorgohi joylashgan. Bu bir haftadan kam vaqt ichida ushbu binoga uyushtirilgan ikkinchi hujum bo‘ldi.Sentabr oyidan buyon husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yanada kuchaydi. Bu 2022-yilda BMT vositachiligida erishilgan sulhdan keyingi nisbiy osoyishtalikka barham berdi.Mojaroning keskinlashishi nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki xalqaro savdo uchun ham xavf tug‘dirmoqda. Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi Osiyo va Yevropani bog‘lovchi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.AQSh Energetika axboroti boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Bob al-Mandab bo‘g‘ozi orqali kuniga 9,3 mln barrel neft va neft mahsulotlari tashilgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 4,2 mln barrelga tushgan.Vaziyat Yaman aholisi uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hudayda porti mamlakatga oziq-ovqat va insonparvarlik yordamini yetkazib berishda muhim o‘rin tutadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Yaman iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning qariyb 90 foizini import qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261115/husiylar-saudi-arabia-hujum-62026220.html
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62278056_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f64b3eff23b58ce7ca96d96118fce0d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, saudiya arabistoni, neft, yaman, dunyoda, husiylar
dunyo yangiliklari, saudiya arabistoni, neft, yaman, dunyoda, husiylar
Saudiya Yamanga zarba berdi: husiylar Qizil dengizdagi portlarga hujum bilan tahdid qildi
10:09 25.11.2026 (yangilandi: 10:26 25.11.2026) Husiylar Saudiya Arabistonining Qizil dengizdagi barcha portlariga zarba berish bilan tahdid qilib, kemalarni olib chiqishga chaqirdi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni va Yamandagi "Ansor Alloh" harakati (husiylar) o‘rtasidagi qurolli mojaro keskinlashmoqda. So‘nggi 48 soat ichida Yamanda 41 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib, Saba agentligi
xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Jarohatlanganlarning yetti nafari ayollar, uch nafari bolalardir.
Husiylarning harbiy vakili Yahyo Sarining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni bir sutka davomida Yaman hududiga 72 ta havo va raketa zarbasini bergan. U zarbalar fuqarolik obyektlariga ham berilganini ta’kidladi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi esa bugun Hudayda portidagi obyektlarga zarba berganini
ma’lum qildi.
Kecha husiylarning Ar-Riyod shahridagi eng baland binoga uyushtirgan hujumi oqibatida 11 kishi jarohatlandi. Mazkur binoda Saudiya Arabistonining Suveren investitsiya jamg‘armasi bosh qarorgohi joylashgan. Bu bir haftadan kam vaqt ichida ushbu binoga uyushtirilgan ikkinchi hujum bo‘ldi.
Sentabr oyidan buyon husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yanada kuchaydi. Bu 2022-yilda BMT vositachiligida erishilgan sulhdan keyingi nisbiy osoyishtalikka barham berdi.
Mojaroning keskinlashishi nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki xalqaro savdo uchun ham xavf tug‘dirmoqda. Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi Osiyo va Yevropani bog‘lovchi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.
AQSh Energetika axboroti boshqarmasi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Bob al-Mandab bo‘g‘ozi orqali kuniga 9,3 mln barrel neft va neft mahsulotlari tashilgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 4,2 mln barrelga tushgan.
Mintaqadagi xavfsizlik muammolari tufayli ko‘plab kemalar Afrikani aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa yuklarni yetkazib berish muddati va transport xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda.
Vaziyat Yaman aholisi uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hudayda porti mamlakatga oziq-ovqat va insonparvarlik yordamini yetkazib berishda muhim o‘rin tutadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Yaman iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning qariyb 90 foizini import qiladi.