Husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari to‘xtamayapti — Ar-Riyodga raketalar uchirildi
Husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari to‘xtamayapti — Ar-Riyodga raketalar uchirildi
Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoniga husiylar hujumlari davom etmoqda. Ar-Riyozga uchirilgan raketalar urib tushirildi. Shu orada Eron Hormuz bo‘g‘ozida uchta tanker minaga urilganini, Bahrayndagi AQSh bazasiga dronlar uchirganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni havo mudofaasi kuchlari poytaxt Ar-Riyod tomon uchirilgan ikkita ballistik raketa va mamlakatning sharqiy hududlarida uchta dronni urib tushirdi. Bu haqda Reuters Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya ma’lumotiga tayanib xabar berdi.Raketalar Yamandagi husiylar tomonidan uchirilgan. Hujumlar so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistoniga qarshi zarbalar kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi.14 noyabr kuni ham Saudiya Arabistoni havo mudofaasi kuchlari Ar-Riyod va mamlakat janubiy hududlarida ikkita dronni urib tushirgan edi.So‘nggi haftalarda husiylar Saudiya Arabistoni aeroportlari, portlari va neft obyektlariga zarbalarni kuchaytirdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylar nishonlariga havo hujumlarini ko‘paytirmoqda.Fors ko‘rfazida ham vaziyat keskinlashmoqda.14 noyabr kuni Eron harbiy-dengiz kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida uchta neft tankeri dengiz minalariga urilib, yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Eron tomoniga ko‘ra, kemalardan ikkitasi belgilangan cheklovlarni buzib, taqiqlangan yo‘nalish orqali o‘tishga uringan. Ushbu xabarlar hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.Bahrayn Ichki ishlar vazirligi esa ehtimoliy tahdidlar yuzasidan ikki marta ogohlantirish e’lon qildi va aholini xavfsiz joylarga o‘tishga chaqirdi.11 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Ras-al-Xayma amirligi yaqinida Liberiya bayrog‘i ostida suzib yurgan neft tankeriga noma’lum snarad kelib tekkan edi. Kemaning mashina bo‘limida yong‘in chiqqan, ekipajning 22 nafar a’zosi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Saudiya Arabistoni poytaxtiga uchirilgan ikkita ballistik raketa va mamlakat sharqida uchta dron urib tushirildi. Mintaqada harbiy keskinlik kuchaymoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni havo mudofaasi kuchlari poytaxt Ar-Riyod tomon uchirilgan ikkita ballistik raketa va mamlakatning sharqiy hududlarida uchta dronni urib tushirdi. Bu haqda Reuters Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Raketalar Yamandagi husiylar tomonidan uchirilgan. Hujumlar so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistoniga qarshi zarbalar kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi.
14 noyabr kuni ham Saudiya Arabistoni havo mudofaasi kuchlari Ar-Riyod va mamlakat janubiy hududlarida ikkita dronni urib tushirgan edi.
O‘tgan hafta husiylar hujumi oqibatida Ar-Riyodning moliyaviy markazida joylashgan Saudi Aramco davlat neft kompaniyasiga tegishli ma’muriy bino zarar ko‘rdi. Oktabr oyida esa mamlakatning sharqiy qismidagi hujum natijasida kompaniya bosh qarorgohiga jiddiy ziyon yetkazilgan edi.
So‘nggi haftalarda husiylar Saudiya Arabistoni aeroportlari, portlari va neft obyektlariga zarbalarni kuchaytirdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylar nishonlariga havo hujumlarini ko‘paytirmoqda.
Fors ko‘rfazida ham vaziyat keskinlashmoqda.
14 noyabr kuni Eron harbiy-dengiz kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida uchta neft tankeri dengiz minalariga urilib, yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Eron tomoniga ko‘ra, kemalardan ikkitasi belgilangan cheklovlarni buzib, taqiqlangan yo‘nalish orqali o‘tishga uringan. Ushbu xabarlar hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Bundan tashqari, 15-noyabr kuni Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi Bahrayndagi AQSh harbiy obyektiga oltita dron bilan hujum qilganini bildirdi. Nishon sifatida AQSh havo mudofaasining radiolokatsiya tizimi ko‘rsatilgan.
Bahrayn Ichki ishlar vazirligi esa ehtimoliy tahdidlar yuzasidan ikki marta ogohlantirish e’lon qildi va aholini xavfsiz joylarga o‘tishga chaqirdi.
11 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Ras-al-Xayma amirligi yaqinida Liberiya bayrog‘i ostida suzib yurgan neft tankeriga noma’lum snarad kelib tekkan edi. Kemaning mashina bo‘limida yong‘in chiqqan, ekipajning 22 nafar a’zosi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi jahon neft tashish tizimida strategik ahamiyatga ega. AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlanishidan oldin jahondagi xom neft tashuvlarining qariyb beshdan bir qismi ushbu suv yo‘li orqali o‘tgan.