https://oz.sputniknews.uz/20261125/mirziyoev-jordan-tashrif-yakunlar-62275727.html
Bojxona imtiyozlari va 19 ta hujjat: Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi yakunlari
Bojxona imtiyozlari va 19 ta hujjat: Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat qabul qilindi. Tomonlar imtiyozli savdo, energetika, suv resurslarini boshqarish, tog‘-kon sanoati va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga kelishdi.
2026-11-25T09:17+0500
2026-11-25T09:17+0500
2026-11-25T10:02+0500
shavkat mirziyoyev
iqtisod
tashrif
ammon
siyosat
forum
iordaniya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62275346_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_ff037bd9543b99b31184c7eaa79fd5d8.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-24 noyabr kunlari Iordaniyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi. Bu haqda prezident matubot xizmati xabar berdi.Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda 300 turdagi tovarga nisbatan pasaytirilgan bojxona bojlari stavkalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.Shuningdek, quyidagi sohalarda hamkorlikka oid bitim va memorandumlar imzolandi:Iordaniya podshohligi saroyi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra Ammonda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Iordaniya biznes forumida ikki mamlakatdan 250 nafardan ortiq vakil, qo‘shma sanoat ko‘rgazmasida esa 60 ta korxona ishtirok etdi.Forumda Iordaniya podshohi Abdulla II mamlakatining qulay geografik joylashuvi va ko‘plab davlatlar bilan erkin savdo bitimlariga ega ekanini ta’kidlab, ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga chaqirdi.Shavkat Mirziyoyev Qizil dengiz sohilidagi Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida O‘zbekiston xomashosi va yarim tayyor mahsulotlaridan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilishni taklif etdi.Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, maishiy kimyo va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, qo‘shma agrosanoat klasterlarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.Navbatdagi O‘zbekiston – Iordaniya biznes forumi 2027-yilning mart oyida Toshkentda o‘tkaziladi. Erishilgan kelishuvlar va qo‘shma loyihalar ijrosi Hukumatlararo komissiya doirasida nazorat qilib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261124/uzbekistan-jordan-investitsiya-loyihalar-62271089.html
ammon
iordaniya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/19/62275346_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_756574394fa0315ad055f91406527699.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, iqtisod, tashrif, ammon, siyosat, forum, iordaniya, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, iqtisod, tashrif, ammon, siyosat, forum, iordaniya, o‘zbekiston
Bojxona imtiyozlari va 19 ta hujjat: Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi yakunlari
09:17 25.11.2026 (yangilandi: 10:02 25.11.2026) O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 300 turdagi tovarga bojxona bojlarini pasaytirishni nazarda tutuvchi savdo bitimi imzolandi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-24 noyabr kunlari Iordaniyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi. Bu haqda prezident matubot xizmati
xabar berdi.
Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda 300 turdagi tovarga nisbatan pasaytirilgan bojxona bojlari stavkalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, quyidagi sohalarda hamkorlikka oid bitim va memorandumlar imzolandi:
energetika va suv resurslarini boshqarish;
tog‘-kon sanoati va geologiya;
uy-joy qurilishi va shaharsozlik;
raqamlashtirish va axborot texnologiyalari;
jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam;
tibbiy xizmatlar, oziq-ovqat va dori vositalari nazorati;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
madaniyat va iqtisodiy diplomatiya.
Toshkent va Ammon shaharlari, shuningdek, Samarqand va Petra sayyohlik hududi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi.
Iordaniya podshohligi saroyi matbuot xizmati
ma’lumotlariga ko‘ra Ammonda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Iordaniya biznes forumida ikki mamlakatdan 250 nafardan ortiq vakil, qo‘shma sanoat ko‘rgazmasida esa 60 ta korxona ishtirok etdi.
Forumda Iordaniya podshohi Abdulla II mamlakatining qulay geografik joylashuvi va ko‘plab davlatlar bilan erkin savdo bitimlariga ega ekanini ta’kidlab, ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qizil dengiz sohilidagi Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida O‘zbekiston xomashosi va yarim tayyor mahsulotlaridan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilishni taklif etdi.
Iordaniyalik investorlar Toshkent va Samarqandda tashkil etilayotgan "Kelajak metallari" texnoparklarida hamkorlik qilishga taklif etildi. Iordaniya tomoni xabarida uran sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari ham alohida qayd etilgan.
Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, maishiy kimyo va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, qo‘shma agrosanoat klasterlarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Navbatdagi O‘zbekiston – Iordaniya biznes forumi 2027-yilning mart oyida Toshkentda o‘tkaziladi. Erishilgan kelishuvlar va qo‘shma loyihalar ijrosi Hukumatlararo komissiya doirasida nazorat qilib boriladi.