https://oz.sputniknews.uz/20261124/uzbekistan-jordan-investitsiya-loyihalar-62271089.html
O‘zbekiston Iordaniyada 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston Iordaniyada 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Iordaniyada 1,5 mlrd dollarlik 40 ga yaqin investitsiya loyihasini amalga oshirmoqchi. Ikki mamlakat munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish va savdo hajmini 500 mln dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
2026-11-24T18:28+0500
2026-11-24T18:28+0500
2026-11-24T18:28+0500
iordaniya
shavkat mirziyoyev
tashrif
savdo
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62269644_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_4bebe4cee1e7dfb5e20f88d225b1f549.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Iordaniyada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng 40 taga yaqin investitsiya loyihasini amalga oshirish niyatida. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan muzokaralarda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Iordaniya podshohi saroyi matbuot xizmati.Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Iordaniya podshohining o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 80 foizga oshgan. Qo‘shma ishbilarmonlar kengashi tashkil etilgan, haftasiga ikki marta amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarda savdo, investitsiya, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.Shuningdek, madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish, diniy-ma’rifiy sohada tajriba almashish, sayyohlik aloqalarini kengaytirish va qadimiy shaharlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaror qilishdi.Erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash uchun keng qamrovli "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.Muzokaralar yakunida Mirziyoyev Iordaniya podshohini O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261123/uzbekistan-jordan-imtiyoz-savdo-bitim-62230104.html
iordaniya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62269644_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_61db104d02bbef417e0c3420088afe40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iordaniya, shavkat mirziyoyev, tashrif, savdo, iqtisod, o‘zbekiston
iordaniya, shavkat mirziyoyev, tashrif, savdo, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekiston Iordaniyada 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi
Ikki mamlakat munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish va o‘zaro savdo hajmini 500 mln dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Iordaniyada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng 40 taga yaqin investitsiya loyihasini amalga oshirish niyatida. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan muzokaralarda ma’lum qildi, deb
xabar bermoqda Iordaniya podshohi saroyi matbuot xizmati.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Iordaniya podshohining o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 80 foizga oshgan. Qo‘shma ishbilarmonlar kengashi tashkil etilgan, haftasiga ikki marta amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotlariga
ko‘ra, muzokaralarda savdo, investitsiya, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Imtiyozli savdo bitimini imzolash va kelgusida o‘zaro savdo hajmini 500 million dollarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish, diniy-ma’rifiy sohada tajriba almashish, sayyohlik aloqalarini kengaytirish va qadimiy shaharlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaror qilishdi.
Erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash uchun keng qamrovli "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Tashrif doirasida Iordaniya podshohi Shavkat Mirziyoyevni "Al-Husayn ibn Ali" ordeni bilan taqdirladi. O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti Abdulla II ga "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini topshirdi.
Muzokaralar yakunida Mirziyoyev Iordaniya podshohini O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.