Chipta olishdan mehmonxona band qilishgacha: YeOIIda sayohatni rejalashtirish osonlashadi
Chipta olishdan mehmonxona band qilishgacha: YeOIIda sayohatni rejalashtirish osonlashadi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki YeOII mamlakatlarida turizm sohasidagi raqamli loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Yangi platformalar sayyohlarga sayohatlarni mustaqil rejalashtirish va zarur xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) YeOII mamlakatlarida sayohatlarni mustaqil rejalashtirish imkonini beruvchi raqamli platformalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisan Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi ishtirokidagi "YeOII mamlakatlarining raqamli loyihalari" mavzusida o‘tkazilgan videoko‘prikda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda YeOII doirasida sayyohlar oqimi ortib bormoqda. Shu bois bunday xizmatlarni rivojlantirish bankning Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi uchun ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan.Rossiyada bunday platformani yaratish bo‘yicha loyiha ma’qullangan. YeOIIning boshqa mamlakatlari ham unga qiziqish bildirmoqda.Jamg‘arma bir mamlakatda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan raqamli yechimlarni boshqa mamlakatlarda ham joriy etishga ko‘maklashmoqda. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham 2026-yil yakuniga qadar Yagona milliy turizm platformasi doirasida sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish tizimini joriy etish belgilangan. Tizim sayyohlarning qiziqishlarini o‘rganish, ular uchun individual sayohat yo‘nalishlari va takliflarni shakllantirish imkonini beradi.
Raqamli platformalar sayyohlarga yo‘nalish tuzish, chipta sotib olish, mehmonxona band qilish va sug‘urtani rasmiylashtirishda yordam beradi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) YeOII mamlakatlarida sayohatlarni mustaqil rejalashtirish imkonini beruvchi raqamli platformalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisan Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi ishtirokidagi "YeOII mamlakatlarining raqamli loyihalari" mavzusida o‘tkazilgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
"Raqamli platformalar sayyohlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berish imkonini beradi. Bular sayohat yo‘nalishlarini tuzish, chiptalar sotib olish, mehmonxonalarni band qilish, sug‘urtani rasmiylashtirish va o‘ziga xos sayohatlarni tashkil etish masalalaridir", — dedi Sarkisan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda YeOII doirasida sayyohlar oqimi ortib bormoqda. Shu bois bunday xizmatlarni rivojlantirish bankning Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi uchun ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan.
Rossiyada bunday platformani yaratish bo‘yicha loyiha ma’qullangan. YeOIIning boshqa mamlakatlari ham unga qiziqish bildirmoqda.
Jamg‘arma bir mamlakatda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan raqamli yechimlarni boshqa mamlakatlarda ham joriy etishga ko‘maklashmoqda.
Jumladan, Belarus fuqarolarning davlat idoralariga murojaatlarini ko‘rib chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha Rossiya tajribasiga qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham 2026-yil yakuniga qadar Yagona milliy turizm platformasi doirasida sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish tizimini joriy etish belgilangan. Tizim sayyohlarning qiziqishlarini o‘rganish, ular uchun individual sayohat yo‘nalishlari va takliflarni shakllantirish imkonini beradi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.