YeOII davlatlarining sayyohlik yo‘nalishlari bitta portalda jamlanadi
YeOII davlatlarining sayyohlik yo‘nalishlari bitta portalda jamlanadi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII davlatlari bo‘ylab sayohat qilmoqchi bo‘lganlar qo‘shma yo‘nalishlar xaritalari, diqqatga sazovor joylar, madaniy va sport tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni bitta portaldan topishi mumkin bo‘ladi. Uni 2026-yilda ochish rejalashtirilgan
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bo‘ylab sayohatni rejalashtirish uchun yagona portal yaratilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi. Sayyohlar portalda qo‘shma yo‘nalishlar xaritalarini ko‘rishi, yo‘l-yo‘lakay qaysi joylarga borish va qanday madaniy yoki sport tadbirlarida qatnashish mumkinligini bilib olishi mumkin bo‘ladi. Unda a’zo davlatlarning milliy sayyohlik portallariga havolalar ham beriladi.YeIKning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Lusine Bagratuni 11-noyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tgan IV Xalqaro turoperatorlar kongressida loyiha haqida so‘zladi. Bagratunining ta’kidlashicha, yo‘nalishni ishlab chiqish — birinchi qadam. U sayyohlar orasida ommalashishi uchun turoperatorlar ham bu ishda faol qatnashishi kerak.2019 yil 1-dekabrdan Belarus, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida yagona sayyohlik xizmatlari bozori amal qilmoqda. YeIK a’zo davlatlar bilan birga ushbu tartibni Armaniston va Qirg‘izistonga ham tatbiq etish ustida ishlayapti.
Unda qo‘shma yo‘nalishlar xaritalari va diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot bo‘ladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bo‘ylab sayohatni rejalashtirish uchun yagona portal yaratilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Sayyohlar portalda qo‘shma yo‘nalishlar xaritalarini ko‘rishi, yo‘l-yo‘lakay qaysi joylarga borish va qanday madaniy yoki sport tadbirlarida qatnashish mumkinligini bilib olishi mumkin bo‘ladi. Unda a’zo davlatlarning milliy sayyohlik portallariga havolalar ham beriladi.
YeIKning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Lusine Bagratuni 11-noyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tgan IV Xalqaro turoperatorlar kongressida loyiha haqida so‘zladi.
Uning aytishicha, portalni yaratishning birinchi bosqichi yakunlanmoqda. Uni yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Bagratunining ta’kidlashicha, yo‘nalishni ishlab chiqish — birinchi qadam. U sayyohlar orasida ommalashishi uchun turoperatorlar ham bu ishda faol qatnashishi kerak.
2019 yil 1-dekabrdan Belarus, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida yagona sayyohlik xizmatlari bozori amal qilmoqda. YeIK a’zo davlatlar bilan birga ushbu tartibni Armaniston va Qirg‘izistonga ham tatbiq etish ustida ishlayapti.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.