https://oz.sputniknews.uz/20261125/aholi-muammolar-62278869.html
Avtosug‘urta, kartadan pul yechilishi va pul o‘tkazmalar: aholi qanday muammolarga duch kelmoqda
Avtosug‘urta, kartadan pul yechilishi va pul o‘tkazmalar: aholi qanday muammolarga duch kelmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bank va sug‘urta xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi. Raqobat qo‘mitasi sug‘urta tovonlari, pul o‘tkazmalari, bank kartalaridan yechilgan mablag‘lar va majburiy sug‘urtalash bilan bog‘liq muammolarni hal etdi.
2026-11-25T10:45+0500
2026-11-25T10:45+0500
2026-11-25T10:45+0500
sug‘urta
plastik karta
bank kartasi
kredit
bank
jamiyat
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/51/3885130_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_0c5999ea8549a27708baa41bdaa514cf.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekistonda sug‘urta tovonlarining o‘z vaqtida to‘lanmasligi, pul o‘tkazmalarining kechiktirilishi, bank kartalaridan asossiz mablag‘ yechilishi va kredit ajratish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlarning bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.Avtosug‘urta va kreditlarNavoiy viloyatida fuqaro avtokredit asosida xarid qilgan avtomobiliga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetkazilgan zarar uchun sug‘urta tovonini ola olmagan. Qoraqalpog‘istonda "Agrobank"ning Beruniy filiali beshta fermer xo‘jaligiga kredit ajratishda faqat "My Insurance" kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishni talab qilgan. Sud bankka moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qo‘mitaning da’vosini qanoatlantirdi.Jizzax viloyatida esa 12 oylik muddatli to‘lov asosida mahsulot xarid qilgan fuqaroga uni ogohlantirmasdan uch yillik sug‘urta rasmiylashtirilgan. Qo‘mita aralashuvi bilan sug‘urta muddati to‘g‘rilandi.Pul o‘tkazmalari va bank kartalariQashqadaryo viloyatida Rossiyadan yuborilgan 37 mln so‘mdan ortiq pul o‘tkazmasi bank tomonidan ikki oy davomida fuqaroga berilmagan.Shuningdek, "Cross Pay" to‘lov tashkiloti faoliyati yuzasidan ikki nafar fuqarodan bank kartalaridan pul yechilgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Ulardan biri 25,2 mln so‘m, ikkinchisi esa 5,62 mln so‘m mablag‘ini qaytarishda yordam so‘ragan.Qo‘mita aralashuvi bilan mazkur mablag‘larning to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.Murojaatlar soni ortib bormoqdaMarkaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida bank kartalari va firibgarlik bilan bog‘liq murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb to‘rt baravar — 245 tadan 956 taga oshgan.Raqobat qo‘mitasi joriy yilning fevral oyida sug‘urta xizmatlari bo‘yicha mingga yaqin murojaatni ko‘rib chiqqani va iste’molchilar foydasiga 2,8 mlrd so‘m to‘lab berilishini ta’minlaganini ma’lum qilgan edi.Ushbu murojaatlarning yarmidan ortig‘i avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bilan bog‘liq bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260917/sugurta-kompaniyalar-majburiyatlar-60504978.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/51/3885130_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_fd10f455043557928675befc3e71857f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sug‘urta, plastik karta, bank kartasi, kredit, bank, jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
sug‘urta, plastik karta, bank kartasi, kredit, bank, jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
Avtosug‘urta, kartadan pul yechilishi va pul o‘tkazmalar: aholi qanday muammolarga duch kelmoqda
Raqobat qo‘mitasi aralashuvi bilan fuqarolarga 69,8 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi, qariyb 7,5 mln so‘m sug‘urta tovoni to‘landi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekistonda sug‘urta tovonlarining o‘z vaqtida to‘lanmasligi, pul o‘tkazmalarining kechiktirilishi, bank kartalaridan asossiz mablag‘ yechilishi va kredit ajratish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
xabar berdi.
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlarning bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.
Avtosug‘urta va kreditlar
Navoiy viloyatida fuqaro avtokredit asosida xarid qilgan avtomobiliga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetkazilgan zarar uchun sug‘urta tovonini ola olmagan.
Qo‘mita aralashuvidan so‘ng "Gross Sug‘urta Kompaniyasi" tomonidan qariyb 7,5 mln so‘m sug‘urta tovoni avtokredit bo‘yicha qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirildi.
Qoraqalpog‘istonda "Agrobank"ning Beruniy filiali beshta fermer xo‘jaligiga kredit ajratishda faqat "My Insurance" kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishni talab qilgan. Sud bankka moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qo‘mitaning da’vosini qanoatlantirdi.
Jizzax viloyatida esa 12 oylik muddatli to‘lov asosida mahsulot xarid qilgan fuqaroga uni ogohlantirmasdan uch yillik sug‘urta rasmiylashtirilgan. Qo‘mita aralashuvi bilan sug‘urta muddati to‘g‘rilandi.
Pul o‘tkazmalari va bank kartalari
Qashqadaryo viloyatida Rossiyadan yuborilgan 37 mln so‘mdan ortiq pul o‘tkazmasi bank tomonidan ikki oy davomida fuqaroga berilmagan.
Olmaliq shahrida esa bank ilovasi orqali amalga oshirilgan 2 mln so‘mlik pul o‘tkazmasi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingan, biroq mablag‘ egasiga qaytarilmagan.
Shuningdek, "Cross Pay" to‘lov tashkiloti faoliyati yuzasidan ikki nafar fuqarodan bank kartalaridan pul yechilgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Ulardan biri 25,2 mln so‘m, ikkinchisi esa 5,62 mln so‘m mablag‘ini qaytarishda yordam so‘ragan.
Qo‘mita aralashuvi bilan mazkur mablag‘larning to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Murojaatlar soni ortib bormoqda
Markaziy bank
ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida bank kartalari va firibgarlik bilan bog‘liq murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb to‘rt baravar — 245 tadan 956 taga oshgan.
Kredit operatsiyalari bo‘yicha murojaatlar soni esa 1 208 tadan 2 025 taga yetgan.
Raqobat qo‘mitasi joriy yilning fevral oyida sug‘urta xizmatlari bo‘yicha mingga yaqin murojaatni ko‘rib chiqqani va iste’molchilar foydasiga 2,8 mlrd so‘m to‘lab berilishini ta’minlaganini
ma’lum qilgan edi.
Ushbu murojaatlarning yarmidan ortig‘i avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bilan bog‘liq bo‘lgan.