https://oz.sputniknews.uz/20260917/sugurta-kompaniyalar-majburiyatlar-60504978.html
Sug‘urta bozorida keskin o‘sish — kompaniyalar majburiyatlari 4,4 kvadrillion so‘mga yetdi
Sug‘urta bozorida keskin o‘sish — kompaniyalar majburiyatlari 4,4 kvadrillion so‘mga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining majburiyatlari 4 415 trln so‘mga yetdi — bu 2026-yilgi Davlat budjeti xarajatlaridan qariyb 11 baravar ko‘p. Hayot sug‘urtasida ko‘rsatkich qariyb 35 baravar oshdi.
2026-09-17T12:57+0500
2026-09-17T12:57+0500
2026-09-17T12:57+0500
iqtisod
o‘zbekiston
sug‘urta
budjet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21133018_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_1f1bb61b087e0480983a05a188df4a04.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining umumiy sug‘urta majburiyatlari 2026-yil 1-iyul holatiga 4 415 trln so‘mga yetdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 2 979 trln so‘m bo‘lgan — o‘sish 48,2 foiz. Bu ma’lumotlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligining sug‘urta bozori bo‘yicha hisobotida keltirilgan.Taqqoslash uchun, 2026-yilgi O‘zbekiston Davlat budjeti xarajatlari 402,7 trln so‘m etib belgilangan. Demak, sug‘urta majburiyatlari hajmi yillik budjet xarajatlaridan qariyb 11 baravar ko‘p.2025 yil yakunida sug‘urta kompaniyalarining umumiy aktivlari 15 trln so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa amaldagi sug‘urta to‘lovlari 2,25 trln so‘m, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 8,02 trln so‘m bo‘lgan.Umumiy sug‘urtada eng katta majburiyatlar:Umumiy sug‘urta sohasida majburiyatlar bir yilda 33,4 foizga o‘sib, 3 955 trln so‘mga yetdi.Eng yuqori o‘sish sur’atlari:Eng keskin o‘zgarish hayot sug‘urtasida kuzatildi. Bu yo‘nalishda majburiyatlar 13,3 trln so‘mdan 460,5 trln so‘mga, ya’ni qariyb 35 baravar oshdi.2026 yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 35 ta sug‘urta tashkiloti faoliyat yuritgan, ulardan yettitasi hayot sug‘urtasi sohasida ishlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/kapital-bozor-sugurta-elektron-savdo-osish-56354860.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21133018_213:0:2944:2048_1920x0_80_0_0_611f1c0414458782741a6b15b032e3d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, sug‘urta, budjet
iqtisod, o‘zbekiston, sug‘urta, budjet
Sug‘urta bozorida keskin o‘sish — kompaniyalar majburiyatlari 4,4 kvadrillion so‘mga yetdi
Bu 4 415 trln so‘mga teng bo‘lib, 2026-yilgi Davlat budjeti xarajatlaridan qariyb 11 baravar ko‘p. Hayot sug‘urtasida majburiyatlar esa bir yilda qariyb 35 baravar oshgan.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining umumiy sug‘urta majburiyatlari 2026-yil 1-iyul holatiga 4 415 trln so‘mga yetdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 2 979 trln so‘m bo‘lgan — o‘sish 48,2 foiz. Bu ma’lumotlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligining sug‘urta bozori bo‘yicha
hisobotida keltirilgan.
Taqqoslash uchun, 2026-yilgi O‘zbekiston Davlat budjeti xarajatlari 402,7 trln so‘m etib belgilangan. Demak, sug‘urta majburiyatlari hajmi yillik budjet xarajatlaridan qariyb 11 baravar ko‘p.
Biroq bu sug‘urta kompaniyalarining 4,4 kvadrillion so‘m qarzi borligini anglatmaydi. Ko‘rsatkich amaldagi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kompaniyalar o‘z zimmasiga olgan risklar va sug‘urta majburiyatlarining umumiy hajmini ifodalaydi.
2025 yil yakunida sug‘urta kompaniyalarining umumiy aktivlari 15 trln so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa amaldagi sug‘urta to‘lovlari 2,25 trln so‘m, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 8,02 trln so‘m bo‘lgan.
Umumiy sug‘urtada eng katta majburiyatlar:
APEX INSURANCE — 917,2 trln so‘m;
O‘ZBEKINVEST — 710,5 trln so‘m;
ASIA INSURANCE — 312,6 trln so‘m.
Umumiy sug‘urta sohasida majburiyatlar bir yilda 33,4 foizga o‘sib, 3 955 trln so‘mga yetdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari:
HAMKOR SUG‘URTA — 565,4%;
EUROASIA INSURANCE — 373,7%.
Eng keskin o‘zgarish hayot sug‘urtasida kuzatildi. Bu yo‘nalishda majburiyatlar 13,3 trln so‘mdan 460,5 trln so‘mga, ya’ni qariyb 35 baravar oshdi.
Shundan 454,97 trln so‘m yoki 98,8 foizi APEX LIFE INSURANCE hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyaning o‘zida ko‘rsatkich bir yilda qariyb 48 baravar ko‘paygan.
2026 yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 35 ta sug‘urta tashkiloti faoliyat yuritgan, ulardan yettitasi hayot sug‘urtasi sohasida ishlaydi.