https://oz.sputniknews.uz/20261123/uzbekistan-jordan-imtiyoz-savdo-bitim-62230104.html
O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashga tayyorlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Iordaniya tomoni O‘zbekiston bilan imtiyozli savdo bitimi 24-noyabrda imzolanishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Hujjat 300 turdagi tovarni qamrab olishi kutilmoqda. Tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarini ham muhokama qildi.
2026-11-23T12:13+0500
2026-11-23T12:13+0500
2026-11-23T12:13+0500
shavkat mirziyoyev
savdo
investitsiya
energetika
laziz qudratov
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
iqtisod
o‘zbekiston
iordaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61553278_0:0:1673:941_1920x0_80_0_0_c607b7b48f61df4b028cb1a41ee3d657.png
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iordaniyaning "Petra" davlat axborot agentligi mamlakat Sanoat, savdo va ta’minot vazirligiga tayanib xabar berdi.Iordaniya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni 24-noyabr kuni imzolash ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi esa bitimni tayyorlash masalalari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.Iordaniya tomonining avvalgi ma’lumotlariga ko‘ra, bitim 300 turdagi tovarni — har bir mamlakatdan 150 tadan mahsulotni qamrab olishi kutilmoqda. Ularga bojxona imtiyozlari berilishi nazarda tutilgan.Muzokaralarda geologiya, kimyo va tog‘-kon sanoati, energetika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi hamda farmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport hajmini oshirish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va yuk aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.24 noyabr kuni O‘zbekiston — Iordaniya biznes forumini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.Iordaniyadagi energetika loyihasiShu bilan birga, Iordaniya energetika va mineral resurslar vaziri Soleh Xarabsha O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Mujib to‘g‘oni yaqinida quvvati 450 MVt bo‘lgan energiya saqlash majmuasini qurish loyihasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi."Petra" agentligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirgan. Hozircha yakuniy investitsiya kelishuvi e’lon qilinmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261104/eaeu-jordan-markirovka-dorilar-qarorlar-61749275.html
o‘zbekiston
iordaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61553278_208:0:1463:941_1920x0_80_0_0_5b37152234baada1f06642d9ad104672.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, savdo, investitsiya, energetika, laziz qudratov , investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisod, o‘zbekiston, iordaniya
shavkat mirziyoyev, savdo, investitsiya, energetika, laziz qudratov , investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisod, o‘zbekiston, iordaniya
O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashga tayyorlanmoqda. Tomonlar yangi qo‘shma loyihalarni ham muhokama qildi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iordaniyaning "Petra" davlat axborot agentligi mamlakat Sanoat, savdo va ta’minot vazirligiga tayanib
xabar berdi.
Iordaniya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni 24-noyabr kuni imzolash ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi esa bitimni tayyorlash masalalari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
22 noyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Iordaniya sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Qudax bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Iordaniya tomonining avvalgi ma’lumotlariga ko‘ra, bitim 300 turdagi tovarni — har bir mamlakatdan 150 tadan mahsulotni qamrab olishi kutilmoqda. Ularga bojxona imtiyozlari berilishi nazarda tutilgan.
Muzokaralarda geologiya, kimyo va tog‘-kon sanoati, energetika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi hamda farmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport hajmini oshirish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va yuk aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
24 noyabr kuni O‘zbekiston — Iordaniya biznes forumini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida istiqbolli investitsiya loyihalari va savdo kelishuvlari portfeli shakllantirildi.
Iordaniyadagi energetika loyihasi
Shu bilan birga, Iordaniya energetika va mineral resurslar vaziri Soleh Xarabsha O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Mujib to‘g‘oni yaqinida quvvati 450 MVt bo‘lgan energiya saqlash majmuasini qurish loyihasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.
"Petra" agentligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirgan. Hozircha yakuniy investitsiya kelishuvi e’lon qilinmagan.