Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda Iordaniya bilan savdo, markirovka va dorilar bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilindi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Obuna bo‘lish
YeIK Kengashi elektrotexnika mahsulotlarini markirovkalash, dori vositalari va erkin savdo bo‘yicha qarorlar qabul qildi. Yig‘ilishda 41 masala ko‘rildi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi 3-noyabrdagi yig‘ilishda iqtisodiy o‘sish, tovarlarni markirovkalash, dori vositalari va xalqaro savdoga oid qator qarorlar qabul qildi.
Iqtisodiy o‘sish
YeOII mamlakatlari 2026–2027 yillarda umumiy YaIMning yillik o‘sish sur’atlarini jahon iqtisodiyoti o‘sishidan kam bo‘lmagan darajaga yetkazishni maqsad qilgan.
Buning uchun investitsiyalarni rag‘batlantirish, sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rivojlantirish, ichki bozor barqarorligini ta’minlash hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxati qabul qilindi.
Elektrotexnika mahsulotlarini markirovkalash
YeOIIda lampalar, svetodiodlar, yoritkichlar, rozetkalar, relelar, avtomobil chiroqlari va ayrim boshqa elektrotexnika mahsulotlarini raqamli markirovkalashning yagona qoidalari tasdiqlandi.
Mahsulotlarga kriptografik himoyalangan Data Matrix kodlari qo‘yiladi. Har bir a’zo davlat markirovkalashni joriy etish muddatini mustaqil belgilaydi.
Yangi tartib tovarlar aylanmasi shaffofligini oshirish va noqonuniy mahsulotlarga qarshi kurashishga qaratilgan.
Dori vositalari
YeIK maz va gellarning inson terisiga singishini tekshirishda donor terisi o‘rniga sun’iy membranalardan foydalanishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi.
Bu ishlab chiqaruvchilarning dori vositalarini ishlab chiqish va bozorga chiqarish xarajatlarini kamaytirishi mumkin.
Shuningdek, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning ta’sir etuvchi moddalari nomini ko‘rsatish talablari aniqlashtirildi.
Iordaniya bilan erkin savdo
YeOII va Iordaniya o‘rtasida erkin savdo bitimini tuzish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘shma tadqiqot guruhi tashkil etiladi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnevning ta’kidlashicha, bojlarni kamaytirish oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo mahsulotlari savdosini kengaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, yig‘ilishda bosim ostida ishlaydigan sanoat uskunalarining xavfsizligini baholash tartiblariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Ittifoqning mazkur qarorlari respublika hududida avtomatik ravishda kuchga kirmaydi.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
Oziq-ovqat xavfsizligi, bank xizmatlari, JSST standartlari: YeIKda nimalar muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0