https://oz.sputniknews.uz/20261123/trump-iran-kema-tahdid-62234514.html
Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi, Tehron javob qaytardi
Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi, Tehron javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShning dengiz qamaliga qarshi barcha vositalarni ishga solishini bildirdi. Bu bayonot Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qilganidan keyin yangradi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tankerlar qatnovi ham sekinlashgan.
2026-11-23T14:41+0500
2026-11-23T14:41+0500
2026-11-23T14:41+0500
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
kema
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62234348_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_0c9a9522376b2eb0098100ab626da33e.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Eron AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz qamaliga qarshi barcha mavjud vositalardan foydalanmoqchi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy 23-noyabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.Ushbu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qilganidan keyin yangradi.Tramp 22-noyabr kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Eron kemalari Amerika dengiz qamalini yorib o‘tishga harakat qilsa, ular cho‘ktirilishini bildirdi.Shuningdek, AQSh rahbari Tehron bilan muzokaralar natija bermasa, Yangi yildan keyin Eronga harbiy zarbalarni qayta boshlashga moyil ekanini ma’lum qildi.AQSh Eron nefti eksportiga qarshi dengiz qamalini 13-aprelda joriy etgan edi. Iyunda Vashington va Tehron o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgach, cheklov vaqtincha bekor qilindi. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, 14-iyulda qamal qayta tiklandi.18 noyabrda AQSh Markaziy qo‘mondonligi dengiz qamali qoidalarini yanada kuchaytirdi. Yangi tartibga ko‘ra, Eron portlaridan yuk olgan kemalardan dengizda mahsulot qabul qilgan boshqa kemalar ham qamalni buzuvchi sifatida baholanishi mumkin.So‘nggi kunlarda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tankerlarga hujumlar va portlashlar kuzatilmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisalar ortidan dam olish kunlari bo‘g‘oz orqali kemalar qatnovi sekinlashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261103/usa-iran-keshm-orol-zarba-61694532.html
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62234348_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_79e3efe7fcd28ffcd319115a949dab5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, kema, ho‘rmuz bo‘g‘ozi
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, kema, ho‘rmuz bo‘g‘ozi
Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi, Tehron javob qaytardi
Tramp Eron kemalariga tahdid qilganidan so‘ng, Tehron AQShning dengiz qamaliga qarshi barcha vositalardan foydalanishini bildirdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Eron AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz qamaliga qarshi barcha mavjud vositalardan foydalanmoqchi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy 23-noyabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb
xabar berdi Reuters.
Ushbu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qilganidan keyin yangradi.
Tramp 22-noyabr kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Eron kemalari Amerika dengiz qamalini yorib o‘tishga harakat qilsa, ular cho‘ktirilishini bildirdi.
"Ular buni qilib ko‘rishini istayman. U holda barchasi Eron flotining qolgan qismi kabi dengiz tubiga g‘arq bo‘ladi", — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSh rahbari Tehron bilan muzokaralar natija bermasa, Yangi yildan keyin Eronga harbiy zarbalarni qayta boshlashga moyil ekanini ma’lum qildi.
AQSh Eron nefti eksportiga qarshi dengiz qamalini 13-aprelda joriy etgan edi. Iyunda Vashington va Tehron o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgach, cheklov vaqtincha bekor qilindi. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, 14-iyulda qamal qayta tiklandi.
18 noyabrda AQSh Markaziy qo‘mondonligi dengiz qamali qoidalarini yanada kuchaytirdi. Yangi tartibga ko‘ra, Eron portlaridan yuk olgan kemalardan dengizda mahsulot qabul qilgan boshqa kemalar ham qamalni buzuvchi sifatida baholanishi mumkin.
Amerika harbiylari bunday kemalarni to‘xtatish, tekshirish, yo‘nalishini o‘zgartirish yoki musodara qilish, zarur hollarda esa kuch ishlatish imkoniyati haqida ogohlantirgan.
So‘nggi kunlarda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tankerlarga hujumlar va portlashlar kuzatilmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisalar ortidan dam olish kunlari bo‘g‘oz orqali kemalar qatnovi sekinlashgan.