https://oz.sputniknews.uz/20261103/usa-iran-keshm-orol-zarba-61694532.html
AQSh Eronning Qeshm oroliga zarba berdi — neft narxi oshdi
AQSh Eronning Qeshm oroliga zarba berdi — neft narxi oshdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eronning Hurmuz bo‘g‘ozidagi Keshm oroliga zarba berdi. Vashington operatsiyani mudofaa chorasi deb atadi. Zarba haqidagi xabardan so‘ng Brent nefti narxi oshdi.
2026-11-03T11:21+0500
2026-11-03T11:21+0500
2026-11-03T11:21+0500
aqsh – eron mojarosi
dunyo yangiliklari
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
dunyoda
eron
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61694325_35:0:965:523_1920x0_80_0_0_fbb363bb6563706915ce026c43bbad32.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. AQSh harbiylari 2-noyabr kuni Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida joylashgan Qeshm orolidagi nishonlarga zarba berdi. Bu haqda AQShning bir qator OAVlari xabar berdi."Reuters" manbalaridan biri operatsiyani cheklangan va "mudofaa maqsadidagi" zarba deb ta’rifladi. Uning aytishicha, Eron kuchlari AQSh obyektlariga qarshi "yer–havo" raketalaridan foydalangan.Amerikalik amaldorlar bu harakat keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar qayta boshlanganini anglatmasligini ta’kidlamoqda.O‘z navbatida, Eronning IRNA agentligi 2-noyabr kuni Qeshm orolida bir nechta portlash ovozlari eshitilganini xabar qildi. Zarba oqibatidagi talafotlar va zarar ko‘lami haqida hozircha ma’lumot yo‘q."The Wall Street Journal" nashriga ko‘ra, Vashington so‘nggi haftalarda Eron hududida oshkor qilinmagan bir qator cheklangan zarbalarni amalga oshirgan. AQSh rasmiylarining bildirishicha, bunday harakatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga tahdidni kamaytirishga qaratilgan.Qeshm oroli xalqaro neft tashish yo‘llari yaqinida joylashgan. Unda harbiy-dengiz bazasi va yerosti raketa inshootlari mavjud.Voqea AQSh va Eron o‘rtasida mojaroni tugatish bo‘yicha diplomatik aloqalar davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Tehron muzokaralar to‘xtamaganini ma’lum qilgan, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261101/iran-usa-obekt-zarar-61657971.html
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/03/61694325_152:0:849:523_1920x0_80_0_0_bd82750c36902d2c8a29440f0e6af90f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, dunyoda, eron, aqsh
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, dunyoda, eron, aqsh
AQSh Eronning Qeshm oroliga zarba berdi — neft narxi oshdi
Vashington buni mudofaa chorasi deb atadi. Hodisadan so‘ng jahon bozorida neft narxi ko‘tarildi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. AQSh harbiylari 2-noyabr kuni Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida joylashgan Qeshm orolidagi nishonlarga zarba berdi. Bu haqda AQShning bir qator OAVlari xabar berdi.
"Reuters" manbalaridan biri operatsiyani cheklangan va "mudofaa maqsadidagi" zarba deb ta’rifladi. Uning aytishicha, Eron kuchlari AQSh obyektlariga qarshi "yer–havo" raketalaridan foydalangan.
"Fox News" ma’lumotiga ko‘ra, zarba Eron tomoni AQShga tegishli uchish apparatiga o‘t ochganidan keyin berilgan.
Amerikalik amaldorlar bu harakat keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar qayta boshlanganini anglatmasligini ta’kidlamoqda.
O‘z navbatida, Eronning IRNA agentligi 2-noyabr kuni Qeshm orolida bir nechta portlash ovozlari eshitilganini xabar qildi. Zarba oqibatidagi talafotlar va zarar ko‘lami haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
"The Wall Street Journal" nashriga ko‘ra, Vashington so‘nggi haftalarda Eron hududida oshkor qilinmagan bir qator cheklangan zarbalarni amalga oshirgan. AQSh rasmiylarining bildirishicha, bunday harakatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga tahdidni kamaytirishga qaratilgan.
Qeshm oroli xalqaro neft tashish yo‘llari yaqinida joylashgan. Unda harbiy-dengiz bazasi va yerosti raketa inshootlari mavjud.
Qeshmga zarba berilgani haqidagi xabardan so‘ng jahon bozorida neft narxi oshdi. 3-noyabr kuni ertalab Brent markali neft fyucherslari 0,5 foiz qimmatlab, bir barreli 105,25 dollarga yetdi.
Voqea AQSh va Eron o‘rtasida mojaroni tugatish bo‘yicha diplomatik aloqalar davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Tehron muzokaralar to‘xtamaganini ma’lum qilgan, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.