Yuz yildan so‘ng: Samarqandda II Butunjahon turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi

© SputnikV Samarkande proshel II Vsemirniy turkologicheskiy kurultay
V Samarkande proshel II Vsemirniy turkologicheskiy kurultay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda ilk qurultoyning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tdi. Unda lotin alifbosi masalasi ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Samarqandda 1926-yilda Bokuda o‘tkazilgan birinchi Turkologiya qurultoyining 100-yilligiga bag‘ishlangan II Butunjahon turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qizig‘i shundaki, ikkinchi qurultoyni 1928-yilda aynan Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq bu reja amalga oshmay, ikkinchi Turkologiya qurultoyi qariyb bir asr davomida o‘tkazilmagan.
1926 yilgi Boku qurultoyida yetakchi turkologlar, tilshunoslar va adabiyotshunoslar til va yozuv, etnografiya, tarix, adabiyot, terminologiya hamda tarjima masalalarini muhokama qilgan edi.
O‘sha davrda eng qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan mavzulardan biri lotin alifbosiga o‘tish masalasi edi.
Oradan bir asr o‘tib, Samarqandda yig‘ilgan olimlar yana shu mavzuga qaytdi. Xususan, O‘zbekiston lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni taqdim etdi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo boshqa mamlakatlarda ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Chuyskiy trakt v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2025
Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi
Yangiliklar lentasi
0