https://oz.sputniknews.uz/20250814/turkiyshunoslar-oltoy-uchrashuv-51237939.html
Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi
Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi
Sputnik O‘zbekiston
Konferensiyada turkiy madaniyat va uning jahon tarixiga ta’siri muhokama mavzusi bo‘ladi. Turli mamlakatlardan davlat arboblari, yetakchi tarixchilar, turkiyshunoslar... 14.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-14T17:12+0500
2025-08-14T17:12+0500
2025-08-14T17:12+0500
o‘zbekiston
rossiya
oltoy o‘lkasi
jamiyat
ilm-fan
xalqaro konferensiya
turkiy tilli millatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37090272_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_20e9b4e6a723e663def5f4f2812d6b79.jpg
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Oltoy Respublikasi "Manjerok" maydonchasida 16–18 sentabr kunlari "Tog‘li Oltoy – turkiy xalqlarning tarixiy vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi sari" II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi- deyiladi Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati matbuot xizmati xabarida. Konferensiyada turli mamlakatlardan davlat arboblar, yetakchi tarixchilar, turkiyshunos olimlar va arxeologlar ishtirok etadi. Shuningdek, konferensiyaga faxriy mehmon sifatida "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselov taklif etilgan. 2024-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi shunday konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Vengriya, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlardan 70 nafardan ortiq olimlar ishtirok etdi. Bu ilmiy tadbir o‘tkazilishiga oldindan turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini o‘rganishni ham o‘z ichiga olgan katta ilmiy ishlar amalga oshirilgan.Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida turkiy xalqlarning tillari, an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi Rossiyaning tarixiy boyligining muhim qismi ekanligini ta’kidladi. Bo‘lib o‘tgan munozaralar mavzusi turkiy sivilizatsiyaning paydo bo‘lish manbalari, turkiy xalqlar tarixi, ularning slavanlar bilan o‘zaro aloqalari, madaniyati va yozuvi bo‘ldi.Konferensiya tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Tarixiy ta’lim bo‘yicha idoralararo komissiya, Oltoy Respublikasi hukumati, Rossiya Fanlar vazirligi, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati, Rossiya "Znanie" jamiyati, Rossiya tarixiy jamiyati.
https://oz.sputniknews.uz/20250204/oltoy-olka-sirdaryo-ishbilarmonlar-hamkorlik-47818147.html
o‘zbekiston
oltoy o‘lkasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37090272_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_4818990fd4c50c4c852be722e2cb860d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, oltoy o‘lkasi, jamiyat, ilm-fan, xalqaro konferensiya, turkiy tilli millatlar
o‘zbekiston, rossiya, oltoy o‘lkasi, jamiyat, ilm-fan, xalqaro konferensiya, turkiy tilli millatlar
Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi
Konferensiyada turkiy madaniyat va uning jahon tarixiga ta’siri muhokama mavzusi bo‘ladi. Turli mamlakatlardan davlat arboblari, yetakchi tarixchilar, turkiyshunoslar va arxeologlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Oltoy Respublikasi "Manjerok" maydonchasida 16–18 sentabr kunlari "Tog‘li Oltoy – turkiy xalqlarning tarixiy vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi sari" II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi- deyiladi Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati matbuot xizmati xabarida.
Konferensiyada turli mamlakatlardan davlat arboblar, yetakchi tarixchilar, turkiyshunos olimlar va arxeologlar ishtirok etadi.
Shuningdek, konferensiyaga faxriy mehmon sifatida "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselov taklif etilgan. 2024-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi shunday konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Vengriya, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlardan 70 nafardan ortiq olimlar ishtirok etdi.
Bu ilmiy tadbir o‘tkazilishiga oldindan turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini o‘rganishni ham o‘z ichiga olgan katta ilmiy ishlar amalga oshirilgan.
Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida turkiy xalqlarning tillari, an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi Rossiyaning tarixiy boyligining muhim qismi ekanligini ta’kidladi.
Bo‘lib o‘tgan munozaralar mavzusi turkiy sivilizatsiyaning paydo bo‘lish manbalari, turkiy xalqlar tarixi, ularning slavanlar bilan o‘zaro aloqalari, madaniyati va yozuvi bo‘ldi.
Konferensiya tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Tarixiy ta’lim bo‘yicha idoralararo komissiya, Oltoy Respublikasi hukumati, Rossiya Fanlar vazirligi, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati, Rossiya "Znanie" jamiyati, Rossiya tarixiy jamiyati.