"Ajoyib" reja: Yevropa barcha xarajatni Rossiyaga to‘latmoqchi

© RIA Novosti / Sgenerirovano IIReshenie naydeno: Rossiya zaplatit Yevrope za vse
Reshenie naydeno: Rossiya zaplatit Yevrope za vse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
Yevropa Ukrainaga sarflagan milliardlarni Rossiya hisobidan qaytarib olishga umid qilmoqda. RIA Novosti sharhlovchisi Sergey Savchuk bu rejaning naqadar haqiqatdan yiroq ekanini tahlil qildi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Sergey Savchuk. Ukrainadagi mojaro Kiyevning yevropalik homiylari uchun shunchalik qimmatga tushmoqdaki, ular endi o‘z aholisini sarflangan milliardlar turmush darajasining pasayishiga aloqador emasligiga ishontirishga majbur bo‘lmoqda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadefulning aytishicha, nemislarning uchdan ikki qismi Ukrainaga yordam ajratilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ayni paytda aholi turmush darajasi pasayishi va energiya resurslari qimmatlashishidan aziyat chekmoqda. Vazirning fikricha, hukumat fuqarolarni bu ikki holat o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligiga ishontirishi kerak.
Vadeful yana bir fikrni bildirdi: agar Rossiya mag‘lub bo‘lsa va mojaro Yevropa istaganidek yakunlansa, Germaniya va boshqa mamlakatlar uchun energiya resurslari yana juda arzonlashadi.
Shu tariqa vazir Yevropadagi ichki inqirozning chuqurligini ham, mojarodan keyingi dunyo haqidagi xomxayollarni ham ochib qo‘ydi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil fevraldan buyon Berlin Ukraina bilan bog‘liq fuqarolik va ijtimoiy loyihalarga 45,7 mlrd, harbiy maqsadlarga esa 57,8 mlrd yevro ajratgan. Jami 103,5 mlrd yevro.
Kil universiteti tadqiqotchilariga ko‘ra, fuqarolik yo‘nalishidagi mablag‘larning 35,9 mlrd yevrosi ukrainalik qochqinlarni Germaniyaning o‘zida ta’minlashga sarflangan.
Bevosita Ukrainaga yo‘naltirilgan mablag‘lar 31–42 mlrd yevroga baholanmoqda va ularning 80 foizi harbiy maqsadlarga ketgan.
Berlin esa mablag‘ yetishmasligi sababli yana kamida 22,7 mlrd yevro qarz olmoqchi.
Germaniyaning 2027-yilgi budjet xarajatlari 561 mlrd yevroni tashkil etadi. Shundan 200 mlliarddan ortig‘i ijtimoiy majburiyatlarga, qariyb 140 milliardi mudofaaga, 42 milliardi davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Bu raqamlar Ukrainaga ajratilgan milliardlar Germaniya uchun arzimagan pul emasligini ko‘rsatadi. Axir bu mablag‘larga ish haqi va pensiyalarni oshirish, ommaviy qisqartirishlarga duch kelgan avtomobilsozlik xodimlarini qo‘llab-quvvatlash mumkin edi.
Shunday ekan, Vadeful nemislarni Ukrainaga sarflangan pullar ichki iqtisodiy qiyinchiliklarga aloqador emasligiga ishontirish uchun ommaviy zombilashtirish seanslarini o‘tkazishiga to‘g‘ri keladiganga o‘xshaydi.
Endi Rossiya mag‘lubiyatidan keyin arzon energiya resurslariga ega bo‘lish haqidagi orzularga qaytamiz.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning aytishicha, Brusselda Yevropa Ittifoqining 2028–2034 yillarga mo‘ljallangan budjeti bo‘yicha og‘ir muzokaralar ketmoqda. Ukraina tarafdorlari Kiyev uchun yana kamida 45 mlrd yevro qarz olmoqchi, YeI esa unga kafil bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Fitso buni kredit emas, sovg‘a deb atashga chaqirdi. Chunki Ukraina bu pullarni qaytarishga qodir emas.
Fridrix Mers, Emmanuel Makron va Ursula fon der Lyayen buni tushunmaydi, deb o‘ylash ahmoqlik bo‘lardi. Ammo ular urushga milliardlab yevro sarflashda davom etmoqda.
Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ukraina mojarosiga 250 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ yo‘naltirgan. Endi bu sarmoyalar barbod bo‘lmasligi uchun yangi milliardlar kerak. Aks holda, butun "Ukraina" loyihasi qulashi, Rossiya o‘z maqsadlariga erishishi, Yevropa esa ulkan qarzlar va millionlab qochqinlar bilan qolishi mumkin.
Shuning uchun yevropaliklar Rossiyaning so‘zsiz mag‘lubiyatiga umid bog‘lamoqda.

Yevrokomissar Valdis Dombrovskis Ukraina kreditlarini muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushadigan daromad hisobidan qoplashni taklif qildi. Ursula fon der Lyayen esa yangi 45 mlrd yevrolik kredit Rossiyadan olinadigan harbiy reparatsiyalar hisobidan to‘lanishini aytdi.

Manzara aniq: Yevropa Ukrainaga sarflagan milliardlarini Rossiyaning mag‘lubiyati orqali qaytarib olishni mo‘ljallamoqda. Ular allaqachon buning evaziga qancha Rossiya puli, nefti va gaziga ega bo‘lishni orzu qilmoqda.
Yevropaliklar Rossiyaning mag‘lubiyatiga hamma narsani tikkan. Endi ular uchun urushni davom ettirishdan boshqa yo‘l yo‘q.
Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Chexiya bosh vaziri: nega Ukrainaga Yevroittifoq budjetidan pul berishimiz kerak?
Yangiliklar lentasi
0