Chexiya bosh vaziri: nega Ukrainaga Yevroittifoq budjetidan pul berishimiz kerak?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit YeS v Brussele
Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
YeIning bir qator davlatlari Ukrainaga budjetdan mablag‘ ajratishga qarshi chiqmoqda. Chexiya bosh vaziri ham yangi loyihani tanqid qildi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Yevropa Ittifoqining 2028–2034 yillarga mo‘ljallangan budjet loyihasini Praga uchun mutlaqo nomaqbul deb atadi. U, xususan, Ukrainaga YeI budjetidan mablag‘ ajratilishiga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda Chexiyaning ČTK axborot agentligi.
Babishning aytishicha, u shanba kuni Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta bilan yozishgan. Koshta unga Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Irlandiyaning budjetni yana 32 mlrd yevroga qisqartirish haqidagi taklifi to‘g‘risida ma’lum qilgan.
Chexiya bosh vaziri mamlakat YeI budjetiga tobora ko‘proq mablag‘ kiritayotgani, ammo yangi taklifga ko‘ra, Pragaga ajratiladigan mablag‘ yana taxminan 336 mln dollarga kamayishi mumkinligini ta’kidladi.
"Nega biz Ukrainaga Yevropa budjetidan pul berishimiz kerak? Nima uchun? Ukraina mablag‘ni Yevropa budjetidan tashqarida olishi lozim", — dedi Babish.
U Yevropa parlamenti, Yevrokomissiya va boshqa Yevropa tuzilmalari faoliyati uchun 2028–2034 yillarda sarflanishi rejalashtirilgan xarajatlarni ham tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xarajatlar 100 mlrd yevroni tashkil etadi.
Babish Yevropa Ittifoqi budjetidan Ukrainaga yana 100 mlrd yevro ajratish rejasini ham ma’qullamasligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, budjet bo‘yicha muzokaralar keskin kechadi, chunki tomonlarning pozitsiyalari jiddiy farq qiladi.
Avvalroq Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Bolgariya ham Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlarni olishga qarshi chiqqan edi.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Kiyev rejimi qarzlar bo‘yicha bir sent ham qaytara olmasligini ta’kidladi.
Shuningdek, Irlandiya va Sloveniya ham Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukrainaga moliyaviy yordam ajratishni YeIning 2028–2034 yillarga mo‘ljallangan budjetini tasdiqlash bilan bog‘lash taklifiga e’tiroz bildirgan.
Mers Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zosi Ukrainani moliyalashtirishda ishtirok etishi kerakligini ta’kidlamoqda.
18 noyabr kuni Yevrokomissiya Ukrainaga 2027-yilda qo‘shimcha 45 milliard yevrogacha kredit ajratish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Bu mablag‘ 2026–2027 yillar uchun avval kelishilgan 90 mlrd yevrolik kreditga qo‘shimcha ravishda ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi kreditni Yevropa Ittifoqining umumiy qarz majburiyatlari orqali moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Premyer-ministr Chexii Andrey Babish  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Babish: Yevropa 377 mlrd yevroni urushga emas, Ukrainani tiklashga sarflaganida yaxshiroq bo‘lardi
Yangiliklar lentasi
0