Issiqxonalar ekologik ekspertizasi 38 mln so‘mga oshdimi? Rasmiy izoh

© Sputnik / Baxrom XatamovFermerskie promishlennie teplisi
Fermerskie promishlennie teplisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
Issiqxonalar ekologik ekspertizasi uchun 38 million so‘m to‘lanishi haqidagi xabarlar yuzasidan mutasaddilar rasmiy izoh berdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xo‘jaliklari uchun davlat ekologik ekspertizasi to‘lovi 9 mln so‘mdan 38 mln so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Davlat ekologik ekspertizasi markazi ushbu ma’lumotlarga izoh berdi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, tarqalgan video tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan kesib olingan. Unda markaz mutaxassisi Ahror Yo‘ldoshev ekologik ekspertiza to‘lovi haqidagi savolga javob bergan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi qaroriga muvofiq, tabiiy gaz, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish tizimiga ega, atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha III toifaga kiruvchi issiqxonalarning davlat ekologik ekspertizasi uchun to‘lov BHMning 6,5 baravarini tashkil etadi.
Bu hozirgi kunda 2 mln 860 ming so‘mga teng. Mazkur toifa bo‘yicha shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va dehqon xo‘jaliklari istisno qilingan.
Markazning tushuntirishicha, tarqalgan videoda issiqxona qozonlariga sertifikat berish va buning uchun to‘lanadigan mablag‘lar ham davlat ekologik ekspertizasi to‘loviga kiritilishi haqida yanglish fikr bildirilgan.
Vaholanki, quyidagi xizmatlar davlat ekologik ekspertizasi vakolatiga kirmaydi:
issiqxona qozonlariga sertifikat berish;
laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish;
instrumental o‘lchovlarni amalga oshirish;
atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish.
Shu tariqa, markaz issiqxona xo‘jaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish to‘lovi 38 mln so‘m emas, 2 mln 860 ming so‘m ekanini bildirdi.
Biroq ushbu summa ekologik ekspertiza uchun belgilangan to‘lov bo‘lib, boshqa xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi.
Rassada tomatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Xonadonlardagi issiqxonalar uchun yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0