Xonadonlardagi issiqxonalar uchun yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi mumkin

© Sputnik / Vladimir PesnyaRassada tomatov
Rassada tomatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
Yangi issiqxona qurishga 300 mln so‘mgacha, mavjudini qayta jihozlashga esa 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit berilishi mumkin.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda xonadonlardagi issiqxonalar uchun yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalarni yangilashga ko‘maklashish bo‘yicha alohida takliflar tayyorlangan.
“Xususan, 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish, aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilish hamda energiya tejamkor tizimlar iste’mol qilgan elektr energiyasi xarajatining yarmini qoplash taklif etilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi xonadonlarga “yashil” energiya manbalari va samarali uskunalarni joriy etish uchun 100 million so‘mgacha grant ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Yangi “yashil” issiqxona qurishga 300 million so‘mgacha, mavjudini qayta jihozlashga 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit berish nazarda tutilmoqda. Issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada ehtiyojmand oilalar uchun ekologik xavfsiz issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Agrokompleks Sadi Giganta v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Toshkentdagi issiqxonalarga ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0