Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va BMT ESKATO transport va energetikada hamkorlikni kuchaytirmoqda

© Press-slujba YeEK Arzibek Kojoshev prinyal uchastie v Ministerskoy konferensii po transportu ESKATO OON
Arzibek Kojoshev prinyal uchastie v Ministerskoy konferensii po transportu ESKATO OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOII va BMT ESKATO transport yo‘laklari, elektron yuk hujjatlari va energetika sohasida hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) transport va energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.
YeIKning energetika va infratuzilma bo‘yicha vaziri Arzibek Kojoshev Bangkokda bo‘lib o‘tgan BMT ESKATOning transport vazirlari konferensiyasida ishtirok etdi.
U YeOII doirasida transport sohasida olib borilayotgan ishlarni taqdim etdi. Xususan, xalqaro avtomobil tashuvlarida elektron yuk xati — eCMRni qo‘llash bo‘yicha pilot loyiha faol amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Konferensiya doirasida 2027–2031 yillarga mo‘ljallangan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqaror transportni rivojlantirish bo‘yicha vazirlar deklaratsiyasi qabul qilindi.
Energetikada hamkorlik
Bundan avval Kojoshev BMT ESKATO energetika bo‘limi direktori Xonpen Lyu bilan uchrashib, ikki tashkilot o‘rtasidagi yangi memorandumni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan edi.
Uchrashuvda YeOIIning umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. YeIK ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bozor 2027-yil 1-yanvardan faoliyat boshlashi rejalashtirilgan.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasining chegaralararo savdosi bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, 4-noyabr kuni Bishkekda YeIK va BMT ESKATO o‘rtasida 2030-yil oxirigacha hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi memorandum imzolangan edi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
O‘zbekistonning YeOII bilan bojxona hamkorligida yangi imkoniyatlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Matbuot markazi
O‘zbekistonning YeOII bilan bojxona hamkorligida yangi imkoniyatlar – video
Yangiliklar lentasi
0