O‘zbekistonning YeOII bilan bojxona hamkorligida yangi imkoniyatlar – video
11:18 20.11.2026 (yangilandi: 16:13 20.11.2026)
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi O‘zbekiston bojxona xizmati tajribasiga qiziqish bildirmoqda.
Sputnik multimedia matbuot markazida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan bojxona sohasidagi hamkorligi qanday rivojlanayotgani muhokama qilindi.
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lmasdan ham yagona bojxona tranziti tizimiga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun huquqiy asos yaratuvchi, YeOII va uchinchi davlatlar o‘rtasidagi kelishuv allaqachon kuchga kirgan. Hamkorlikning istiqbollari haqida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyoti departamenti direktori Quat Rahimov Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda so‘zlab berdi.
Rahimovning aytishicha, mazkur kelishuv YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan alohida kelishuvlar tuzish uchun asos bo‘la oladi. Bunday davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Bu mexanizm manfaatdor davlatlarga yagona tranzit tizimiga qo‘shilish imkonini beradi.

"Uchinchi tomonlar ishtirokida yagona bojxona tranziti tizimini yaratish ishtirokchi davlatlar iqtisodiyoti rivojiga katta turtki beradi. Bu hududlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish va tovarlarni manzilga yetkazish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi", — dedi YeIK vakili.
Bu tashabbusning amaliy ahamiyati — yuk tashish jarayonlarini soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirishda. Texnologik nazorat bojxona organlariga yuklarning harakatini kuzatib borish va tranzit jarayonining shaffofligini ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, qonunga rioya qiladigan tadbirkorlar uchun qo‘shimcha tekshiruvlar va ma’muriy to‘siqlar kamayishi mumkin.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — bojxona ma’lumotlari almashinuvi. O‘zbekiston va YeIK tovarlar hamda xalqaro tashuvlarda qatnashadigan transport vositalari haqida ma’lumot almashish bo‘yicha kelishuv ustida ish olib bormoqda. Hujjat loyihasi tayyorlangan va 2026-yil oktabr oyida ichki kelishuv jarayoniga yuborilgan. Zarur tartib-taomillar yakunlangach, tomonlar kelishuvni amalga oshirishga kirishishi mumkin.
Bunday ma’lumot almashinuvi bojxona xizmatlariga tashilayotgan yuklar haqida oldindan ma’lumot olish, tovarlarni rasmiylashtirish va chiqarish bo‘yicha qarorlarni tezroq qabul qilish, shuningdek, bojxonadan keyingi nazorat samaradorligini oshirish imkonini beradi.
YeIK O‘zbekistonning amaliy tajribasiga qiziqish bildirmoqda. Xususan, O‘zbekiston bojxona xizmatida qo‘llanilayotgan raqamli yechimlar — xavflarni boshqarish tizimi, elektron deklaratsiyalash va chegara o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish tajribasini o‘rganishdan manfaatdor.
Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar qo‘shma ishchi guruh doirasida muntazam hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda YeIK va O‘zbekiston bojxona xizmati mutaxassislari ishtirokida amaliy tajriba bilan tanishishga qaratilgan ishchi uchrashuv o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Bunday hamkorlikning ahamiyatini iqtisodiy aloqalar ko‘lami ham ko‘rsatadi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 25 milliard dollardan oshgan.
YeOII va O‘zbekiston hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar, yuk tranziti va savdoni yengillashtiradigan bojxona yechimlari haqida batafsil — videomizda.

YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.