https://oz.sputniknews.uz/20261123/chernyaevka-chegara-post-62228590.html
"G‘ishtko‘prik" chegara posti qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng ochilmoqda
"G‘ishtko‘prik" chegara posti qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng ochilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi "Chernyayevka" posti qariyb ikki yildan so‘ng qayta ochiladi. Fuqarolar 25-noyabr kuni soat 16:00 dan o‘ta boshlaydi. Rekonstruksiya davomida yangi yo‘laklar va tekshiruv tizimlari o‘rnatildi.
2026-11-23T11:30+0500
2026-11-23T11:30+0500
2026-11-23T11:30+0500
bojxona
chegara
chegara xizmati
jamiyat
qozog‘iston
qurilish
avtomobil
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62228369_15:0:1011:560_1920x0_80_0_0_a258bfc38cfa46c4609b8ba6d86701ed.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi "G‘ishtko‘prik" ("Chernyayevka") bojxona posti 25-noyabr kuni faoliyatini qayta tiklaydi. Fuqarolarni o‘tkazish soat 16:00 dan boshlanadi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.Undan avval O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.Rekonstruksiya davomida postning o‘tkazuvchanlik quvvati sezilarli darajada oshirildi.O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, "G‘ishtko‘prik"ning bir sutkalik loyihaviy quvvati 100 ming nafar yo‘lovchi, 3 mingta yengil avtomobil va 400 ta avtobusga yetkazilgan.Bundan tashqari:Qozog‘iston tomonidagi "Jibek joli" o‘tkazish punkti ham modernizatsiya qilindi. U kuniga 70 ming nafar yo‘lovchi va 2 mingta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/shohimardon-sox-boruvchi-chegara-otish-57743539.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/17/62228369_139:0:886:560_1920x0_80_0_0_05a6fc77778428c973f87bb818931790.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bojxona, chegara, chegara xizmati, jamiyat, qozog‘iston, qurilish, avtomobil, o‘zbekiston
bojxona, chegara, chegara xizmati, jamiyat, qozog‘iston, qurilish, avtomobil, o‘zbekiston
"G‘ishtko‘prik" chegara posti qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng ochilmoqda
"G‘ishtko‘prik" ("Jibek Joli") o‘tkazish punkti 25-noyabr soat 16:00 dan fuqarolar harakatlanishi uchun ochiladi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi "G‘ishtko‘prik" ("Chernyayevka") bojxona posti 25-noyabr kuni faoliyatini qayta tiklaydi. Fuqarolarni o‘tkazish soat 16:00 dan boshlanadi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Undan avval O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur chegara posti 2025-yil 5-fevralda keng ko‘lamli rekonstruksiya uchun yopilgan edi. Dastlab ta’mirlash ishlarini to‘rt oyda yakunlash rejalashtirilgan, biroq postni qayta ochish muddati bir necha bor kechiktirilgan.
Rekonstruksiya davomida postning o‘tkazuvchanlik quvvati sezilarli darajada oshirildi.
O‘zA ma’lumotiga
ko‘ra, "G‘ishtko‘prik"ning bir sutkalik loyihaviy quvvati 100 ming nafar yo‘lovchi, 3 mingta yengil avtomobil va 400 ta avtobusga yetkazilgan.
post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi;
nazorat yo‘laklari soni 4 tadan 18 taga oshirildi;
avtomobillar to‘xtash joylari 20 tadan 200 taga ko‘paytirildi;
yengil avtomobillar uchun "yashil" va "qizil" yo‘laklar tashkil etildi;
avtomobillarni tekshirish uchun "Z-portal" skaner majmuasi o‘rnatildi.
Qozog‘iston tomonidagi "Jibek joli" o‘tkazish punkti ham modernizatsiya qilindi. U kuniga 70 ming nafar yo‘lovchi va 2 mingta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.