https://oz.sputniknews.uz/20261122/uzbekistan-kochmas-mulk-xatlov-62215806.html
O‘zbekistonda 1,8 milliondan ortiq uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk xatlovdan o‘tkazildi
O‘zbekistonda 1,8 milliondan ortiq uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk xatlovdan o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 294 mingdan ortiq obyektga mulk va ijara huquqlari e’tirof etildi. Kadastr agentligi 1,3 mln ko‘chmas mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tgani, 885 mingdan ziyod pasport tayyorlangani va rad javoblari kamayganini ma’lum qildi.
2026-11-22T15:24+0500
2026-11-22T15:24+0500
2026-11-22T16:34+0500
kadastr
kadastr agentligi
uy
ko‘p kvartirali uylar
yer mulki
raqamli texnologiyalar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/95/14139596_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a89726b9f3191a42c7bdeca9bd2916cd.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 294 398 ta ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha mulk va ijara huquqlari to‘liq e’tirof etildi. Bu haqda Kadastr agentligi o‘z faoliyati natijalariga oid ma’lumotida xabar berdi.Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi qonun doirasida 1 870 437 ta ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazilgan.Shuningdek, "E’tirof" axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan. Ularning 294 398 tasi bo‘yicha mulk va ijara huquqlari to‘liq e’tirof etilgan.Mazkur qonun belgilangan shartlarga javob beradigan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilaydi.Kadastr xizmatlari bo‘yicha natijalarKadastr agentligi tizimida amalga oshirilgan boshqa ishlar ham raqamlarda ma’lum qilindi.Jumladan:Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kadastr xizmatlarini ko‘rsatishda rad javoblari soni 2,1 barobar kamaygan.35 mingdan ortiq yer uchastkasi auksionga chiqarildiYer resurslarini elektron hisobga olish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilgan.Xususan, "YERELEKTRON" axborot tizimiga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uchastkasi kiritilgan. Ularning 35 582 tasi auksionga chiqarilgan.Bundan tashqari, "Ko‘p kvartirali uylar reyestri" axborot tizimida 1 226 ta ko‘p qavatli uydagi 83 450 ta kvartiraga oid ma’lumotlar raqamlashtirilgan.91 mingdan ortiq murojaat joyida hal qilindiDavlat xizmatlari markazlarida aholiga kadastr masalalari bo‘yicha yordam berish maqsadida 206 ta "Kadastr maslahat burchagi" tashkil etilgan.Kadastr agentligi mazkur chora-tadbirlar aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni soddalashtirish, ortiqcha ovoragarchilik va burokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260923/uy-joy-kadastr-video-60671770.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/95/14139596_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e1acba5e4f97dc9dab20998893a32738.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kadastr, kadastr agentligi, uy, ko‘p kvartirali uylar, yer mulki, raqamli texnologiyalar, jamiyat
kadastr, kadastr agentligi, uy, ko‘p kvartirali uylar, yer mulki, raqamli texnologiyalar, jamiyat
O‘zbekistonda 1,8 milliondan ortiq uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk xatlovdan o‘tkazildi
15:24 22.11.2026 (yangilandi: 16:34 22.11.2026) O‘zbekistonda qariyb 294,4 ming obyektga mulk va ijara huquqlari e’tirof etildi. Kadastr agentligi natijalarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 294 398 ta ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha mulk va ijara huquqlari to‘liq e’tirof etildi. Bu haqda Kadastr agentligi o‘z faoliyati natijalariga oid ma’lumotida
xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi qonun doirasida 1 870 437 ta ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazilgan.
Shundan 1 814 650 tasi "UZKAD" elektron tizimiga o‘tkazilgan. Respublika bo‘yicha 767 ta mahallada xatlov ishlari to‘liq yakunlangan.
Shuningdek, "E’tirof" axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan. Ularning 294 398 tasi bo‘yicha mulk va ijara huquqlari to‘liq e’tirof etilgan.
Mazkur qonun belgilangan shartlarga javob beradigan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilaydi.
Kadastr xizmatlari bo‘yicha natijalar
Kadastr agentligi tizimida amalga oshirilgan boshqa ishlar ham raqamlarda ma’lum qilindi.
1 328 234 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
885 671 ta ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti shakllantirildi;
42 409 355 gektar yer maydonining "UZKAD" tizimida elektron xaritasi yaratildi;
8 087 712 ta arxiv hujjati raqamlashtirildi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kadastr xizmatlarini ko‘rsatishda rad javoblari soni 2,1 barobar kamaygan.
35 mingdan ortiq yer uchastkasi auksionga chiqarildi
Yer resurslarini elektron hisobga olish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, "YERELEKTRON" axborot tizimiga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uchastkasi kiritilgan. Ularning 35 582 tasi auksionga chiqarilgan.
Bundan tashqari, "Ko‘p kvartirali uylar reyestri" axborot tizimida 1 226 ta ko‘p qavatli uydagi 83 450 ta kvartiraga oid ma’lumotlar raqamlashtirilgan.
91 mingdan ortiq murojaat joyida hal qilindi
Davlat xizmatlari markazlarida aholiga kadastr masalalari bo‘yicha yordam berish maqsadida 206 ta "Kadastr maslahat burchagi" tashkil etilgan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu burchaklar orqali 91 032 ta murojaat joyida ijobiy hal qilingan va ularning rad etilishining oldi olingan.
Kadastr agentligi mazkur chora-tadbirlar aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni soddalashtirish, ortiqcha ovoragarchilik va burokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilganini ta’kidladi.