https://oz.sputniknews.uz/20260923/uy-joy-kadastr-video-60671770.html
Uy-joy xaridi, hujjatsiz uy va qo‘shimcha qurilish: kadastr bo‘yicha nimalarni bilish kerak
Uy-joy xaridi, hujjatsiz uy va qo‘shimcha qurilish: kadastr bo‘yicha nimalarni bilish kerak
Sputnik O‘zbekiston
Kadastr agentligi hujjatsiz uy-joylarni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk xarididan oldin uni tekshirish va xonadonga qo‘shimcha qurilgan obyektlarni qonuniylashtirish tartibini tushuntirdi.
2026-09-23T13:06+0500
2026-09-23T13:06+0500
2026-09-23T13:06+0500
kadastr
kadastr agentligi
uy
o‘zbekiston
hujjatlar
video
qonunchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/17/60668918_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_fcf1f554f3404ef38eb7d20e17ddd284.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kadastr sohasidagi murojaatlarning katta qismi hujjatlarni rasmiylashtirish va xatlov qachon o‘tkazilishini aniqlash bilan bog‘liq. Bu haqda Kadastr agentligi markaziy apparati mas’ul xodimi Bahodir Madiyorov Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.O‘RQ-937-son qonun doirasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi. Shu bois fuqarolar yashaydigan hududdagi xatlov belgilangan muddatda o‘tkaziladi.937-son qonun hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki umuman mavjud bo‘lmagan ayrim yer uchastkalari va ulardagi binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish imkonini beradi. Qonun bunday holatlarning sakkiz toifasini qamrab oladi.Agar kadastr hujjati mavjud xonadon hududida qo‘shimcha bino yoki inshoot qurilsa, uni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 200-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda tegishli ruxsat va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilib, obyekt foydalanishga qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid batafsil ma’lumotlarni Sputnik O‘zbekiston videosida ko‘rishingiz mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/kadastr-jarayon-qisqarish-59490481.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/17/60668918_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_b68704395847970afbb5476a43c91d66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kadastr, kadastr agentligi, uy, o‘zbekiston, hujjatlar , video, qonunchilik
kadastr, kadastr agentligi, uy, o‘zbekiston, hujjatlar , video, qonunchilik
Uy-joy xaridi, hujjatsiz uy va qo‘shimcha qurilish: kadastr bo‘yicha nimalarni bilish kerak
Eksklyuziv
Kadastr agentligi uy-joy xarid qilishdan oldin nimalarni tekshirish, hujjatsiz uylar va qo‘shimcha qurilgan obyektlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kadastr sohasidagi murojaatlarning katta qismi hujjatlarni rasmiylashtirish va xatlov qachon o‘tkazilishini aniqlash bilan bog‘liq. Bu haqda Kadastr agentligi markaziy apparati mas’ul xodimi Bahodir Madiyorov
Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.
O‘RQ-937-son qonun doirasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi. Shu bois fuqarolar yashaydigan hududdagi xatlov belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Madiyorovning aytishicha, uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulkni xarid qilishdan oldin Davreyestr orqali obyekt davlat ro‘yxatidan o‘tgan-o‘tmagani, unga taqiq yoki boshqa cheklovlar qo‘yilgan-qo‘yilmaganini tekshirish mumkin.
937-son qonun hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki umuman mavjud bo‘lmagan ayrim yer uchastkalari va ulardagi binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish imkonini beradi. Qonun bunday holatlarning sakkiz toifasini qamrab oladi.
Agar kadastr hujjati mavjud xonadon hududida qo‘shimcha bino yoki inshoot qurilsa, uni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 200-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda tegishli ruxsat va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilib, obyekt foydalanishga qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid batafsil ma’lumotlarni Sputnik O‘zbekiston videosida ko‘rishingiz mumkin.