https://oz.sputniknews.uz/20261122/uzbekistan-bolalar-karantin-62201400.html
Ikromov: sinfda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin e’lon qilinadi
Ikromov: sinfda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin e’lon qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda maktab sinflari va bog‘cha guruhlarida bolalarning 20 foizi yuqumli kasallikka chalinsa, karantin e’lon qilinib, onlayn ta’limga o‘tiladi. Sanepidqo‘mita amaldagi tartibni tushuntirdi.
2026-11-22T09:26+0500
2026-11-22T09:26+0500
2026-11-22T09:34+0500
karantin
jamiyat
maktab
o‘quvchilar
gripp
o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_bfa2e9fd374387897f63f7275c831de1.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda maktab sinfi yoki bog‘cha guruhidagi bolalarning 20 foizi yoki undan ko‘pi yuqumli kasallikka chalinsa, karantin e’lon qilinib, onlayn ta’limga o‘tiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromov matbuot anjumanida ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, mazkur tartib Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli buyruqlarda belgilangan.Kasallik belgilari kuzatilgan bolalar vaqtincha jamoadan ajratiladi. Xonalarni shamollatish, nam tozalash va sanitariya-gigiyena tadbirlari kuchaytiriladi.Qo‘mita ota-onalarni yuqumli kasallik alomatlari bor bolalarni maktab va bog‘chalarga yubormaslikka chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/xantavirus-olimlar-izoh-57555244.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_77:0:2806:2047_1920x0_80_0_0_d2cc48b8d1e938bbff018729fc42d314.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
karantin, jamiyat, maktab, o‘quvchilar, gripp, o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
karantin, jamiyat, maktab, o‘quvchilar, gripp, o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
Ikromov: sinfda bolalarning 20 foizi kasallansa, karantin e’lon qilinadi
09:26 22.11.2026 (yangilandi: 09:34 22.11.2026) Maktab sinflari va bog‘cha guruhlarida bolalarning kamida 20 foizi yuqumli kasallikka chalinsa, karantin joriy etiladi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda maktab sinfi yoki bog‘cha guruhidagi bolalarning 20 foizi yoki undan ko‘pi yuqumli kasallikka chalinsa, karantin e’lon qilinib, onlayn ta’limga o‘tiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur tartib Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli buyruqlarda belgilangan.
Kuz-qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalish xavfi ortadi. Shu bois ta’lim muassasalarida bolalar va xodimlarning salomatligi muntazam nazorat qilinadi.
Kasallik belgilari kuzatilgan bolalar vaqtincha jamoadan ajratiladi. Xonalarni shamollatish, nam tozalash va sanitariya-gigiyena tadbirlari kuchaytiriladi.
Qo‘mita ota-onalarni yuqumli kasallik alomatlari bor bolalarni maktab va bog‘chalarga yubormaslikka chaqirdi.