https://oz.sputniknews.uz/20260514/xantavirus-olimlar-izoh-57555244.html
Xantavirus yangi pandemiyaga sabab bo‘ladimi? Olimlar izohi
Xantavirus yangi pandemiyaga sabab bo‘ladimi? Olimlar izohi
Sputnik O‘zbekiston
Virus insonga ko‘pincha kemiruvchilar chiqindisi aralashgan changni nafas orqali yutganda yoki oziq-ovqat to‘g‘ri saqlanmaganda yuqishi ehtimoli bor.Qanday ehtiyot choralari kerak? Mutaxassislar oddiy gigiyena qoidalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda: uzoq vaqt yopiq turgan dala hovli, yerto‘la yoki omborlarni tozalashda niqob taqish; chang ko‘tarmaslik uchun bunday joylarni namlab tozalash; oziq-ovqatlarni kemiruvchilar kira olmaydigan yopiq idish yoki joylarda saqlash.
2026-05-14T09:20+0500
2026-05-14T09:20+0500
2026-05-14T10:04+0500
kasallik
virus
covid-19 umumjahon pandemiyasi
o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xantavirus haqidagi xavotirli xabarlarga oydinlik kiritdi.Mutaxassislarga ko‘ra, vahimaga asos yo‘q: gap O‘zbekistonda uchramaydigan va global pandemiya xavfini tug‘dirmaydigan “Andes” shtammi haqida ketmoqda.Bu qanday virus?May boshida Atlantika okeanidagi kemalardan birida xantavirus holatlari aniqlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat Janubiy Amerikada uchraydigan “Andes” shtammi bilan bog‘liq.Shuning uchun xalqaro mutaxassislar bu holatni yangi global pandemiya boshlanishi sifatida baholamayotganini bildirmoqda. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi ham umumiy aholi uchun xavf pastligini ma’lum qilgan.O‘zbekistonda xavf bormi?Fanlar akademiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat barqaror. Mamlakatda odamdan-odamga yuqishi mumkin bo‘lgan “Andes” shtammi mavjud emas va bunday holat avval ham qayd etilmagan.Virus insonga ko‘pincha kemiruvchilar chiqindisi aralashgan changni nafas orqali yutganda yoki oziq-ovqat to‘g‘ri saqlanmaganda yuqishi ehtimoli bor.Qanday ehtiyot choralari kerak?Mutaxassislar oddiy gigiyena qoidalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda:Fanlar akademiyasi OAV va blogerlarni xantavirus haqidagi shov-shuvli sarlavhalarga emas, rasmiy va ilmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260513/xantavirus-tarqalish-atabekov-57526747.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kasallik, virus, covid-19 umumjahon pandemiyasi, o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi) , o‘zbekiston fanlar akademiyasi
kasallik, virus, covid-19 umumjahon pandemiyasi, o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi) , o‘zbekiston fanlar akademiyasi
Xantavirus yangi pandemiyaga sabab bo‘ladimi? Olimlar izohi
09:20 14.05.2026 (yangilandi: 10:04 14.05.2026) Ijtimoiy tarmoqlarda xantavirus haqida xavotirli xabarlar tarqaldi. Fanlar akademiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat barqaror, pandemiya xavfi yo‘q.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xantavirus haqidagi xavotirli xabarlarga oydinlik kiritdi.
Mutaxassislarga
ko‘ra, vahimaga asos yo‘q: gap O‘zbekistonda uchramaydigan va global pandemiya xavfini tug‘dirmaydigan “Andes” shtammi haqida ketmoqda.
May boshida Atlantika okeanidagi kemalardan birida xantavirus holatlari aniqlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat Janubiy Amerikada uchraydigan “Andes” shtammi bilan bog‘liq.
“Andes” shtammi boshqa xantaviruslardan farq qiladi: u juda yaqin va uzoq muddatli muloqotda odamdan-odamga yuqishi mumkin. Ammo bu gripp yoki COVID-19 kabi havo orqali tez tarqaladigan virus emas. Yevropa kasalliklarni nazorat qilish markazi ham “Andes” virusi odatda faqat yaqin va davomli aloqada yuqishini qayd etgan.
Shuning uchun xalqaro mutaxassislar bu holatni yangi global pandemiya boshlanishi sifatida baholamayotganini bildirmoqda. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi ham umumiy aholi uchun xavf pastligini ma’lum qilgan.
O‘zbekistonda xavf bormi?
Fanlar akademiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat barqaror. Mamlakatda odamdan-odamga yuqishi mumkin bo‘lgan “Andes” shtammi mavjud emas va bunday holat avval ham qayd etilmagan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mintaqamizda uchraydigan xantaviruslar odamdan-odamga yuqmaydi. Ular asosan yovvoyi kemiruvchilar — sichqon va kalamushlar orqali tarqalishi mumkin.
Virus insonga ko‘pincha kemiruvchilar chiqindisi aralashgan changni nafas orqali yutganda yoki oziq-ovqat to‘g‘ri saqlanmaganda yuqishi ehtimoli bor.
Qanday ehtiyot choralari kerak?
Mutaxassislar oddiy gigiyena qoidalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda:
uzoq vaqt yopiq turgan dala hovli, yerto‘la yoki omborlarni tozalashda niqob taqish;
chang ko‘tarmaslik uchun bunday joylarni namlab tozalash;
oziq-ovqatlarni kemiruvchilar kira olmaydigan yopiq idish yoki joylarda saqlash.
Fanlar akademiyasi OAV va blogerlarni xantavirus haqidagi shov-shuvli sarlavhalarga emas, rasmiy va ilmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqirdi.