https://oz.sputniknews.uz/20261122/tashkent-bizning-avlod-xonandalar-bellashuv-62210283.html
"Bizning avlod — 2026": 18 mamlakat yosh xonandalari Toshkentda bellashdi — video
"Bizning avlod — 2026": 18 mamlakat yosh xonandalari Toshkentda bellashdi — video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Bizning avlod — 2026" xalqaro qo‘shiq tanlovining finali o‘tdi. 18 mamlakatdan kelgan 9–16 yoshli ijrochilar bellashdi. Hakamlar armanistonlik Leoni, umumiy ovoz berish esa belaruslik Margo Zingmanni g‘olib deb topdi.
2026-11-22T12:28+0500
2026-11-22T12:28+0500
2026-11-22T12:30+0500
ijodiy tanlov
qo‘shiqchilar
rossiya
video
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62210090_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_ae12acedf71e6628c114de8661cb8abd.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkent 20-noyabr kuni xalqaro bolalar musiqa ijodiyoti markaziga aylandi. Poytaxtda "Bizning avlod — 2026" mualliflik qo‘shiqlari tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Tanlov o‘z tarixida ilk bor Rossiyadan tashqarida — O‘zbekistonda o‘tkazildi. Renessans Hall sahnasida 18 mamlakatdan kelgan 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh ijrochilar o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.Har bir ishtirokchining chiqishi 1 balldan 25 ballgacha baholandi. Bunda adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida muhim qoidaga amal qilindi: hakamlar o‘z mamlakati vakiliga ovoz bera olmadi.Hakamlar bahosi bo‘yicha armanistonlik Leo eng yaxshi ijrochi deb topildi. U "Oyi" qo‘shig‘i bilan tomoshabinlar va hakamlarning e’tiborini qozondi.Leo bunday yirik xalqaro tanlovda ishtirok etish va g‘alaba qozonish unga unutilmas hissiyotlarni hadya etganini aytdi.Biroq kechaning yana bir g‘olibi bor edi. Hakamlar bergan ballarga tomoshabinlar ovozi ham qo‘shilgach, umumiy hisobda belaruslik Margo Zingman birinchi o‘rinni egalladi. U tanlovda "Kaftlarimda nurni tutaman" qo‘shig‘ini ijro etdi.G‘olib sifatida o‘z ismini eshitgan Margo quvonchini yashira olmadi. U bu lahzani uzoq vaqt orzu qilganini Sputnik O‘zbekiston muxbiriga so‘zlab berdi.Tanlov hakamlaridan biri, rossiyalik mashhur xonanda Yulianna Karaulova har bir ishtirokchiga alohida e’tibor qaratishga, bolalarning barchasini yaxshi so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlashga harakat qilganini ta’kidladi.Musiqiy kecha yakunida Karaulova sahnaga chiqib, o‘zining "Ti ne takoy" ("Sen unday emassan") va "Vneorbitnie" ("Orbitadan tashqaridagilar") nomli mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi.Tashkilotchilar uchun tanlovning yana bir muhim jihati turli mamlakatlardan kelgan yosh ijrochilar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik muhiti bo‘ldi. Bolalar bir-birining ijodi bilan tanishish, tajriba almashish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Toshkentdagi musiqiy kecha qanday o‘tgani, yosh ijrochilar tomoshabinlarni nimalar bilan hayratda qoldirgani va g‘oliblar o‘z quvonchini qanday ifoda etganini videomizda tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20260921/bolalar-tanlov-tashkent-60622414.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62210090_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_3765cc6b9b4133ea249d51b746c9e360.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijodiy tanlov, qo‘shiqchilar, rossiya, video, o‘zbekiston
ijodiy tanlov, qo‘shiqchilar, rossiya, video, o‘zbekiston
"Bizning avlod — 2026": 18 mamlakat yosh xonandalari Toshkentda bellashdi — video
12:28 22.11.2026 (yangilandi: 12:30 22.11.2026) "Bizning avlod" finalida 18 mamlakatning yosh xonandalari bellashdi. Toshkentdagi kechada Yulianna Karaulova ham qo‘shiq kuyladi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkent 20-noyabr kuni xalqaro bolalar musiqa ijodiyoti markaziga aylandi. Poytaxtda "Bizning avlod — 2026" mualliflik qo‘shiqlari tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tanlov o‘z tarixida ilk bor Rossiyadan tashqarida — O‘zbekistonda o‘tkazildi. Renessans Hall sahnasida 18 mamlakatdan kelgan 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh ijrochilar o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.
Bu yilgi tanlovning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini birinchi marta bevosita zalda tomosha qilib baholadi. Hakamlar tarkibidan turli mamlakatlardan kelgan produserlar, xonandalar va teleboshlovchilar joy oldi.
Har bir ishtirokchining chiqishi 1 balldan 25 ballgacha baholandi. Bunda adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida muhim qoidaga amal qilindi: hakamlar o‘z mamlakati vakiliga ovoz bera olmadi.
Hakamlar bahosi bo‘yicha armanistonlik Leo eng yaxshi ijrochi deb topildi. U "Oyi" qo‘shig‘i bilan tomoshabinlar va hakamlarning e’tiborini qozondi.
Leo bunday yirik xalqaro tanlovda ishtirok etish va g‘alaba qozonish unga unutilmas hissiyotlarni hadya etganini aytdi.
"Bu go‘yo butunlay boshqa bir olam. Bu qanchalik katta baxt ekanini tushunish uchun uni o‘zingiz his qilib ko‘rishingiz kerak", — dedi u.
Biroq kechaning yana bir g‘olibi bor edi. Hakamlar bergan ballarga tomoshabinlar ovozi ham qo‘shilgach, umumiy hisobda belaruslik Margo Zingman birinchi o‘rinni egalladi. U tanlovda "Kaftlarimda nurni tutaman" qo‘shig‘ini ijro etdi.
G‘olib sifatida o‘z ismini eshitgan Margo quvonchini yashira olmadi. U bu lahzani uzoq vaqt orzu qilganini
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga so‘zlab berdi.
"Nazarimda, bularning barchasi tushga o‘xshaydi. Bu mening orzuim edi. G‘olib bo‘lganimni har kuni tushimda ko‘rardim", — dedi yosh xonanda.
Tanlov hakamlaridan biri, rossiyalik mashhur xonanda Yulianna Karaulova har bir ishtirokchiga alohida e’tibor qaratishga, bolalarning barchasini yaxshi so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlashga harakat qilganini ta’kidladi.
Musiqiy kecha yakunida Karaulova sahnaga chiqib, o‘zining "Ti ne takoy" ("Sen unday emassan") va "Vneorbitnie" ("Orbitadan tashqaridagilar") nomli mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi.
Tashkilotchilar uchun tanlovning yana bir muhim jihati turli mamlakatlardan kelgan yosh ijrochilar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik muhiti bo‘ldi. Bolalar bir-birining ijodi bilan tanishish, tajriba almashish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ishtirokchilar uchun esa "Bizning avlod — 2026" nafaqat musiqiy bellashuv, balki xalqaro sahnada o‘zini namoyon etish, yangi taassurotlar orttirish va orzulari sari yana bir qadam tashlash imkoniyatiga aylandi.
Toshkentdagi musiqiy kecha qanday o‘tgani, yosh ijrochilar tomoshabinlarni nimalar bilan hayratda qoldirgani va g‘oliblar o‘z quvonchini qanday ifoda etganini videomizda tomosha qiling.