https://oz.sputniknews.uz/20260921/bolalar-tanlov-tashkent-60622414.html
"Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil tanlov ilk bor Toshkentda o‘tkaziladi
"Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil tanlov ilk bor Toshkentda o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ilk bor "Bizning avlod – 2026" bolalar mualliflik qo‘shiqlari xalqaro televizion tanloviga mezbonlik qiladi. Unda 15 dan ortiq mamlakatdan 9–16 yoshli ijrochilar qatnashadi.
2026-09-21T18:57+0500
2026-09-21T18:57+0500
2026-09-21T18:57+0500
rossiya
ijodiy tanlov
yoshlar
qo‘shiqchilar
o‘zbekiston
televidenie
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60621994_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_58e5ea7993ed5385c6442e14ea657a82.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Bizning avlod – 2026" bolalar mualliflik qo‘shiqlari xalqaro televizion tanlovi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda loyiha matbuot xizmati xabar berdi.Tanlov Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Rossiya, Braziliya, Hindiston, Keniya, Xitoy, Qirg‘iziston, Madagaskar, AQSh, Tojikiston, Uganda, O‘zbekiston, JAR, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Mo‘g‘ulistondan yosh ijrochilar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.Ishtirokchilar o‘z mamlakatini va mualliflik kompozitsiyalarini xalqaro sahnada namoyish etadi. Tanlov finali 20-noyabrda bo‘lib o‘tadi.Loyiha 2023-yilda tashkil etilgan. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, shu vaqtdan buyon tanlovda Rossiya, Xitoy, Braziliya, Madagaskar va boshqa 20 tadan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan. NTV telekanalidagi translyatsiyalar auditoriyasi 30 million nafargacha yetgan, internetdagi jonli efirlar esa millionlab marta ko‘rilgan.Tashkilotchilar "Bizning avlod"ni "Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil loyiha sifatida baholaydi va tanlovda siyosiy mavzular istisno qilinib, asosiy e’tibor iste’dod hamda madaniy muloqotga qaratilishini ta’kidlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260601/madaniyat-yangi-tizim-58008608.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60621994_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_75f55d4a83e9c6ff1b127ab5ac882f36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ijodiy tanlov, yoshlar, qo‘shiqchilar, o‘zbekiston, televidenie, madaniyat
rossiya, ijodiy tanlov, yoshlar, qo‘shiqchilar, o‘zbekiston, televidenie, madaniyat
"Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil tanlov ilk bor Toshkentda o‘tkaziladi
Tanlovda 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar qatnashishi mumkin.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Bizning avlod – 2026" bolalar mualliflik qo‘shiqlari xalqaro televizion tanlovi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda loyiha matbuot xizmati
xabar berdi.
Tanlov Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Rossiya, Braziliya, Hindiston, Keniya, Xitoy, Qirg‘iziston, Madagaskar, AQSh, Tojikiston, Uganda, O‘zbekiston, JAR, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Mo‘g‘ulistondan yosh ijrochilar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Ishtirokchilar o‘z mamlakatini va mualliflik kompozitsiyalarini xalqaro sahnada namoyish etadi. Tanlov finali 20-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar qatnashishi mumkin. Asosiy shart — yangi mualliflik qo‘shig‘ini jonli ijro etish yoki uni yaratishda faol ishtirok etgan bo‘lish.
Loyiha 2023-yilda tashkil etilgan. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, shu vaqtdan buyon tanlovda Rossiya, Xitoy, Braziliya, Madagaskar va boshqa 20 tadan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan. NTV telekanalidagi translyatsiyalar auditoriyasi 30 million nafargacha yetgan, internetdagi jonli efirlar esa millionlab marta ko‘rilgan.
Tashkilotchilar "Bizning avlod"ni "Bolalar Yevrovideniyesi"ga muqobil loyiha sifatida baholaydi va tanlovda siyosiy mavzular istisno qilinib, asosiy e’tibor iste’dod hamda madaniy muloqotga qaratilishini ta’kidlaydi.