https://oz.sputniknews.uz/20261122/judo-yoshlar-jch-62208740.html
Toshkentdagi dzudo bo‘yicha yoshlar JCh: Rossiya birinchi, O‘zbekiston beshinchi
Toshkentdagi dzudo bo‘yicha yoshlar JCh: Rossiya birinchi, O‘zbekiston beshinchi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yoshlar o‘rtasidagi dzudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Rossiya 10 ta medal bilan birinchi, O‘zbekiston 3 ta medal bilan beshinchi bo‘ldi. Musobaqada 78 davlatdan 574 sportchi qatnashdi.
2026-11-22T10:46+0500
2026-11-22T10:46+0500
2026-11-22T10:46+0500
sport
dzudo
o‘zbekiston dzudo federatsiyasi
oltin medal
kumush medal
bronza medal
jahon chempionati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62208535_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c2809cf51e98202f863aac34f3ed1737.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkentda dzudo bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Rossiya terma jamoasi birinchi, O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzudo federatsiyasi xabar berdi.Rossiyalik dzudochilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Turkiya (2 ta oltin, 1 ta kumush), uchinchi o‘rinni Fransiya (2 ta oltin, 1 ta bronza) egalladi.O‘zbekiston terma jamoasining sovrindorlari:Xalqaro dzudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Masharipov finalda amerikalik Jonatan Yang bilan keskin bellashuv o‘tkazgan. Qo‘shimcha vaqtning 7 daqiqa 48 soniyasi o‘tgach, raqib uchinchi ogohlantirishni olgan va g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga nasib etgan.Ravshanov esa finalda rossiyalik Yaroslav Bunakovga qarshi bahsda dastlab hisobda oldinga chiqqan, biroq raqibi ippon usuli bilan g‘alaba qozongan.19–21 noyabr kunlari o‘tkazilgan yakkalik bahslarida 78 mamlakatdan 574 nafar dzudochi qatnashdi. O‘zbekiston ushbu yosh toifasidagi jahon chempionatiga ilk bor mezbonlik qilmoqda.22 noyabr kuni musobaqa aralash jamoaviy bellashuvlar bilan davom etadi. Unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261120/mirziyoev-dzyudo-federatsiyasi-62160505.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/16/62208535_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_49c387f2d9fecc34e760f425db722236.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, o‘zbekiston dzudo federatsiyasi, oltin medal, kumush medal, bronza medal, jahon chempionati
sport, dzudo, o‘zbekiston dzudo federatsiyasi, oltin medal, kumush medal, bronza medal, jahon chempionati
Toshkentdagi dzudo bo‘yicha yoshlar JCh: Rossiya birinchi, O‘zbekiston beshinchi
Rossiya yoshlar o‘rtasidagi dzudo jahon chempionatining yakkalik bahslarida g‘olib bo‘ldi, O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkentda dzudo bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Rossiya terma jamoasi birinchi, O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzudo federatsiyasi
xabar berdi.
Rossiyalik dzudochilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Turkiya (2 ta oltin, 1 ta kumush), uchinchi o‘rinni Fransiya (2 ta oltin, 1 ta bronza) egalladi.
Dzudo vatani Yaponiya 8 ta medal jamg‘arganiga qaramay, oltin medallar soni bo‘yicha to‘rtinchi bo‘ldi. O‘zbekiston esa bittadan oltin, kumush va bronza medali bilan kuchli beshlikdan joy oldi.
O‘zbekiston terma jamoasining sovrindorlari:
Muhammadjon Masharipov (60 kg gacha) — oltin;
Sa’dulla Ravshanov (81 kg gacha) — kumush;
Fazliddin Rafikov (100 kg dan yuqori) — bronza.
Xalqaro dzudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Masharipov finalda amerikalik Jonatan Yang bilan keskin bellashuv o‘tkazgan. Qo‘shimcha vaqtning 7 daqiqa 48 soniyasi o‘tgach, raqib uchinchi ogohlantirishni olgan va g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga nasib etgan.
Ravshanov esa finalda rossiyalik Yaroslav Bunakovga qarshi bahsda dastlab hisobda oldinga chiqqan, biroq raqibi ippon usuli bilan g‘alaba qozongan.
Rafikov bronza medali uchun bellashuvda turkiyalik Mahmutjon Madenni taxminan bir yarim daqiqada ippon bilan mag‘lub etgan.
19–21 noyabr kunlari o‘tkazilgan yakkalik bahslarida 78 mamlakatdan 574 nafar dzudochi qatnashdi. O‘zbekiston ushbu yosh toifasidagi jahon chempionatiga ilk bor mezbonlik qilmoqda.
22 noyabr kuni musobaqa aralash jamoaviy bellashuvlar bilan davom etadi. Unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.