https://oz.sputniknews.uz/20261120/mirziyoev-dzyudo-federatsiyasi-62160505.html
Mirziyoyev Xalqaro dzudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
Mirziyoyev Xalqaro dzudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda murabbiylar va hakamlarni tayyorlash hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 20.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-20T09:21+0500
2026-11-20T09:21+0500
2026-11-20T09:21+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
dzudo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/14/62160752_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_251a1911d070e0bf393dfeeef6850cae.jpg
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasida dzudo bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan mamlakatda bo‘lib turgan Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ushbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzudo maktabini rivojlantirish va yosh sportchilarni tayyorlash borasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Toshkent jahonning nufuzli dzudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani ta’kidlandi. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda 4 ming nafardan ziyod sportchi ishtirokida 10 ta xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Joriy yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati esa ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.Marius Vizer mamlakatda sportni rivojlantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash, mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Dzudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Unda 78 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin yosh sportchi bellashmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261115/dzyudochi-yoldoshev-croatia-kumush-medal-62024950.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/14/62160752_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_5adfe40aaac7367262933c59f05e6987.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, dzudo
jamiyat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, dzudo
Mirziyoyev Xalqaro dzudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
Uchrashuvda murabbiylar va hakamlarni tayyorlash hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasida dzudo bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan mamlakatda bo‘lib turgan Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ushbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzudo maktabini rivojlantirish va yosh sportchilarni tayyorlash borasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkent jahonning nufuzli dzudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani ta’kidlandi. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda 4 ming nafardan ziyod sportchi ishtirokida 10 ta xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Joriy yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati esa ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.
Marius Vizer mamlakatda sportni rivojlantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash, mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dzudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Unda 78 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin yosh sportchi bellashmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.