YeOIIda yuk tashish va bojxona nazorati qoidalarini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda
YeOIIda yuk tashish va bojxona nazorati qoidalarini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
YeOIIda Bojxona kodeksiga ikki to‘plam o‘zgartirish tayyorlandi. Ular yuk tashishni soddalashtirish, soxta tranzitga qarshi kurashish va eksportchilar uchun elektron rasmiylashtirishni kengaytirishga qaratilgan.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) yuk tashish, bojxona nazorati va eksportchilar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar berdi.YeIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Sergey Shklyayevning ma’lum qilishicha, 2026-yilda YeOII Bojxona kodeksiga kiritiladigan ikki to‘plam o‘zgartirishlar tayyorlangan.Birinchi to‘plam Bojxona kodeksining barcha bo‘limlarini qamrab oladi. Unda:Soxta tranzit deganda tovarlarni boshqa mamlakatga olib o‘tilayotgandek rasmiylashtirib, amalda bojxona talablarini chetlab o‘tishga qaratilgan sxemalar tushuniladi.YeIK ma’lumotiga ko‘ra, birinchi to‘plam hozirda davlatlar ichki kelishuv jarayonlaridan o‘tmoqda. Uni dekabr oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolash rejalashtirilgan.Eksportchilar uchun qanday yengilliklar kutilmoqda?Ikkinchi to‘plam o‘zgarishlar tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va bojxona organlari faoliyatiga taalluqli.Shuningdek, quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilgan:YeIK ushbu choralar orqali yuklarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish va ortiqcha operatsiyalarni qisqartirishni maqsad qilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Respublika Ittifoq bilan bojxona axborotini almashish va tranzit jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
YeOIIda bojxona qoidalarini o‘zgartirish bo‘yicha ikki hujjat tayyorlandi. Ulardan birini esa dekabrda imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) yuk tashish, bojxona nazorati va eksportchilar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar berdi.
YeIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Sergey Shklyayevning ma’lum qilishicha, 2026-yilda YeOII Bojxona kodeksiga kiritiladigan ikki to‘plam o‘zgartirishlar tayyorlangan.
Birinchi to‘plam Bojxona kodeksining barcha bo‘limlarini qamrab oladi. Unda:
ayrim tovarlar, jumladan, konteynerlarni tashish tartibini soddalashtirish;
yuk avtomobillari va tirkamalarni temir yo‘l orqali tashish qoidalarini takomillashtirish;
bir mamlakat ichida boshqa davlat tashuvchisi tomonidan yuk tashish tartibini aniqlashtirish;
soxta tranzit sxemalariga qarshi kurashish nazarda tutilgan.
Soxta tranzit deganda tovarlarni boshqa mamlakatga olib o‘tilayotgandek rasmiylashtirib, amalda bojxona talablarini chetlab o‘tishga qaratilgan sxemalar tushuniladi.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra, birinchi to‘plam hozirda davlatlar ichki kelishuv jarayonlaridan o‘tmoqda. Uni dekabr oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolash rejalashtirilgan.
Eksportchilar uchun qanday yengilliklar kutilmoqda?
Ikkinchi to‘plam o‘zgarishlar tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va bojxona organlari faoliyatiga taalluqli.
Xususan, ishonchli eksportchilar uchun alohida maqom joriy etish taklif qilinmoqda. Bu halol faoliyat yurituvchi kompaniyalarning ma’muriy yukini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilgan:
tovarlar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etishga ustuvorlik berish;
mahsulotlarni vaqtincha saqlash omborlarida markirovkalash;
bojxona omborlarida ham markirovkalash ishlarini amalga oshirish.
YeIK ushbu choralar orqali yuklarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish va ortiqcha operatsiyalarni qisqartirishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Respublika Ittifoq bilan bojxona axborotini almashish va tranzit jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.