Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

EOII va O‘zbekiston bojxona axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishib oldi

© press-slujba YeIKYeAES i Uzbekistan soglasovali proyekt soglasheniya ob obmene tamojennoy informatsiyey.
YeAES i Uzbekistan soglasovali proyekt soglasheniya ob obmene tamojennoy informatsiyey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Shuningdek, hujjatni davlat ichida kelishish jarayonlarini boshlashga kelishib olindi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va O‘zbekiston o‘rtasida bojxona chegaralari orqali olib o‘tiladigan tovarlar va xalqaro tashuvlardagi transport vositalari haqida ma’lumot almashish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘zaro ma’lumot almashish to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishib oldi.
Hujjat bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishi va tovarlarning chegaralar orqali o‘tishini tezlashtirishi kerak.
“O‘zbekiston Ittifoqning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bojxona sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimiz va bojxona xizmatlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash ustuvor vazifamizdir”, - dedi EIK Bojxona hamkorligi bo‘yicha hay’ati a’zosi Sergey Shklyayev.
YeOII va O‘zbekiston hujjatni davlat ichki kelishish tartib-taomillarini boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston bilan muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qaror Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan 2025-yil dekabr oyida qabul qilingan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi Uzbekistana i YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII O‘zbekiston bilan bojxona sohasidagi shartnoma bo‘yicha sezilarli natijaga erishdi
Yangiliklar lentasi
0