Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaliklar G‘arbning qo‘llab-quvvatlashi ortida nima yashiringanini tushunishi kerak – Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari mojaro tomonlarini "zaiflashtirish, parchalash, qismlarga ajratish" va keyin o‘z irodasiga bo‘ysundirishni xohlaydi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Ukrainaliklar tushunishi lozim: Rossiya bilan qarama-qarshilikda G‘arb Kiyev rejimini shunchaki qo‘llab-quvvatlamaydi. U buni o‘z manfaatlarini ko‘zlab, nizo tomonlarini “zaiflashtirish, parchalash, guruhlarga ajratish” va so‘ngra o‘z irodasiga bo‘ysundirish uchun qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Emir Kusturitsaga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Putin Rossiya tarixi davomida raqiblar “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyili asosida harakat qilib, uni zaiflashtirishga intilganiga e’tibor qaratdi.
“Buni hamma tushunishi va bilishi kerak, shu jumladan <...> va bugungi Ukraina hududida yashovchilar. Odamlar tushunishi kerak: sodir bo‘layotgan hamma narsa va ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar, jumladan, bugungi Rossiya bilan qarama-qarshilik sharoitida ham, buni Ukraina manfaatlari uchun emas, balki o‘z manfaatlari uchun - barchani zaiflashtirish, parchalash, tarkibiy qismlarga ajratish va o‘z irodasiga bo‘ysundirish maqsadida qilmoqda”, - dedi Rossiya rahbari.
Uning ta’kidlashicha, SSSR parchalanib, Ukraina mustaqillikka erishgandan so‘ng u yerda depopulyatsiya va deindustrializatsiya yuz berdi, boz ustiga, hammasi “so‘nggi haftalardagi Rossiya Qurolli kuchlarining javob zarbalari ostida emas”, balki “o‘z-o‘zidan” parchalanib ketdi.
“Nima uchun? Chunki Ukrainada hokimiyatni Ukraina vatanparvarlari emas, millatchilar egallab olgan. Ma’lumki, vatanparvarlikning millatchilikdan farqi shundaki, vatanparvarlar o‘z yurtini sevadi, millatchilar esa boshqa xalqlarni yomon ko‘radi. Farqi ham shunda. Ammo boshqa xalqlarga bo‘lgan bu nafrat bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi”, - deya ta’kidladi Putin.
Rossiya rahbari Ukrainadagi odamlar keng ma’noda Rossiya bilan birlashishga intilishlari kerak deb hisoblaydi.
“Barchamiz, jumladan, bugungi Ukraina hududida yashayotgan odamlar ham birlashishga intilishimiz kerak. Yagona davlat doirasida bo‘lmasa ham, gap bu haqda emas. Ammo so‘zning eng keng ma’nosidagi birlashishga”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Zaxarova: Yevropa Kiyev qo‘li bilan Ukrainani tub aholidan “tozalamoqchi”
Yangiliklar lentasi
0