Zaxarova: Yevropa Kiyev qo‘li bilan Ukrainani tub aholidan “tozalamoqchi”

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
G‘arb vaqti-vaqti bilan yorug‘ kelajak haqidagi navbatdagi quruq va’dalar bilan Ukrainani laqillatapti, deya hisoblaydi Rossiya TIV rasmiy vakili.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. G‘arb Kiyev hukumati orqali harakat qilib, Ukraina hududini mahalliy aholidan “tozalash”ga intilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"Ukrainaga G‘arbda vosita, shunchaki xalajoy sifatida qaralgan va shunday munosabatda bo‘lishda davom etishmoqda. Vaqti-vaqti bilan yorug‘ kelajak haqidagi navbatdagi va’dalar ko‘rinishidagi allaqanday yumshoq va momiq narsalar bilan laqillatishadi. Keyin esa Ukraina fuqarolarini yo‘q qilish uchun hamma narsani shafqatsizlarcha qilishadi”, – dedi Zaxarova.

Rossiya TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb buni Vladimir Zelenskiy qo‘li bilan qilyapti.
"Birinchi navbatda ular ukrainaliklarni o‘ldirishadi, Ukrainani uning tub aholisidan “tozalashadi” – axir G‘arb buni qilyapti”, - dedi u.
Natsionalniy flag Ukraini i monument Rodina-mat v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Azarov: Ukraina 32 mln aholisini yo‘qotdi, bu SSSRning urushdagi yo‘qotishlaridan ko‘p
Yangiliklar lentasi
0