https://oz.sputniknews.uz/20261120/ozbekiston-rf-62164107.html
O‘zbekiston va RF kasaba uyushmalari Yangi yil uchun qo‘shma sayyohlik dasturlarini ishlab chiqmoqda
O‘zbekiston va RF kasaba uyushmalari Yangi yil uchun qo‘shma sayyohlik dasturlarini ishlab chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Dasturlarning mavzulari madaniy, ma’rifiy, gastronomik, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. 20.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-20T10:29+0500
2026-11-20T10:29+0500
2026-11-20T10:29+0500
turizm
o‘zbekiston
rossiya
yangi yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55622955_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_94d7dbdac7a1fff8583b758d4b581484.jpg
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi Rossiya fuqarolari uchun yangi yil bayramlarida maxsus sayyohlik dasturlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Turizm qo‘mitasi vakili Ulug‘bek Asadullayev RIA Novostiga ma’lum qildi.Uning tushuntirishicha, turizm dasturlarini ishlab chiqish yondashuvi O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.Ishlab chiqilgan dasturlarning mavzulari madaniy, ma’rifiy, gastronomik, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 11,6 million nafar chet el fuqarosi keldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 million nafarga yoki 19,4 foizga ko‘p.Turistlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan jami 8,4 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan.Rossiyadan kelgan turistlar soni esa 1,1 million nafardan oshdi. Bu 2025-yilning barcha 12 oyidagi ko‘rsatkichdan ham yuqori.
https://oz.sputniknews.uz/20260819/rossiyaliklar-uzbekistan-maxsus-dasturlar-59788219.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55622955_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_2e07686e0e4efd5a395220cbf252a456.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, rossiya, yangi yil
turizm, o‘zbekiston, rossiya, yangi yil
O‘zbekiston va RF kasaba uyushmalari Yangi yil uchun qo‘shma sayyohlik dasturlarini ishlab chiqmoqda
Dasturlarning mavzulari madaniy, ma’rifiy, gastronomik, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi Rossiya fuqarolari uchun yangi yil bayramlarida maxsus sayyohlik dasturlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Turizm qo‘mitasi vakili Ulug‘bek Asadullayev RIA Novostiga
ma’lum qildi. Uning tushuntirishicha, turizm dasturlarini ishlab chiqish yondashuvi O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.
“Bu Rossiya fuqarolarining qish mavsumida, jumladan, turistik guruhlar tarkibida O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etish imkoniyatlarini kengaytiradi,” - dedi Asadullayev.
Ishlab chiqilgan dasturlarning mavzulari madaniy, ma’rifiy, gastronomik, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
“25-27 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi hamkorlikni mustahkamlash uchun yana bir maydon bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi Turizm qo‘mitasi vakili.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 11,6 million nafar chet el fuqarosi keldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 million nafarga yoki 19,4 foizga ko‘p.
Turistlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan jami 8,4 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Rossiyadan kelgan turistlar soni esa 1,1 million nafardan oshdi. Bu 2025-yilning barcha 12 oyidagi ko‘rsatkichdan ham yuqori.