Rossiyaliklarga O‘zbekistonda oilaviy dam olish uchun maxsus dasturlar taklif etiladi

© Komitet po turizmuUzbekistan i Rossiya podpisali soglashenie o sotrudnichestve v sfere turizma
Uzbekistan i Rossiya podpisali soglashenie o sotrudnichestve v sfere turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya kasaba uyushmalari turistik almashinuvni kengaytirish va maxsus sayohat dasturlarini ishlab chiqishga kelishdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanjar Tadjiyev va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi delegatsiyasi ishtirokidagi uchrashuv doirasida imzolandi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida turistik almashinuvni kengaytirish va hamkorlikni yangi yo‘nalishlar bilan boyitish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, oilaviy va bolalar turizmi, sanatoriy-sog‘lomlashtirish, tibbiy, madaniy-ma’rifiy, ekologik hamda tog‘-chang‘i turizmini birgalikda rivojlantirish taklif etildi.
Shuningdek, Rossiya kasaba uyushmalari a’zolari va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston bo‘ylab maxsus turistik dasturlar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Federatsiya tarkibidagi kasaba uyushmalari ko‘plab yirik korxona va tashkilotlar xodimlarini qamrab oladi. Shu bois mazkur mexanizm O‘zbekistonga uyushgan turistik guruhlarni jalb qilish imkonini kengaytirishi mumkin.
Rossiya O‘zbekiston uchun asosiy turistik bozorlardan biri hisoblanadi. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga turizm maqsadida 710 ming nafardan ortiq fuqaro kelgan. Bu chegaradosh mamlakatlardan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Delegatsiya Komiteta po turizmu provela vstrechu s rukovodstvom Federatsii profsoyuzov RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
Rossiyaning yirik korxonalari xodimlari uchun O‘zbekistonda dam olish tashkil etilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0