https://oz.sputniknews.uz/20261120/mirziyoev-elektropoezd-62169814.html
Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga elektropoyezdda bordi
Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga elektropoyezdda bordi
Sputnik O‘zbekiston
Safar davomida prezident Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan ham tanishdi. 20.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-20T12:39+0500
2026-11-20T12:39+0500
2026-11-20T12:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
parkent tumani
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/14/62168312_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_a1555dcb893c912dd28c41c665591407.jpg
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toshkent shahridan Parkent tumaniga elektropoyezdda keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Joriy yilning sentabridan Toshkent – Parkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.Loyiha doirasida 535,4 milliard so‘m hisobidan 24 kilometrlik Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurildi. Bitta yangi bekat, uchta ko‘prik, avtomobil yo‘l o‘tkazgichi, 77 ta suv o‘tkazish inshooti hamda 16 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi barpo etildi.Shuningdek, 24 kilometrlik kontakt tarmog‘i va elektr uzatish liniyasi qurildi. Loyiha natijasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.Toshkent va Parkent o‘rtasidagi umumiy masofasi 57,6 kilometr bo‘lgan yo‘nalishda oltita vagondan iborat zamonaviy “EP3D” elektropoyezdi qatnamoqda. Qiymati 124 milliard so‘mlik poyezd 586 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.Ma’lum qilinishicha, elektropoyezd Toshkentdan Parkentgacha bo‘lgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib o‘tadi. Yo‘l haqi 10 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi taksi xizmati o‘rtacha narxidan 2,5 barobar arzon.Yangi yo‘nalishda kuniga 2 ming nafargacha, yiliga esa 300 ming nafar yo‘lovchini tashish imkoniyati mavjud.Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Vagonlar iqlim nazorati tizimi, qulay o‘rindiqlar, USB quvvatlash nuqtalari va bepul Wi-Fi bilan jihozlangan.Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar va moslashtirilgan joylar, velosipedlarni tashish moslamalari hamda elektron axborot tablolari o‘rnatilgan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv va to‘qnashuv paytida zarba kuchini kamaytiruvchi tizimlar nazarda tutilgan.Safar chog‘ida prezident Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi. Xususan, yer resurslaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va mahsulotlarni qayta ishlash tarmoqlari salohiyatini kamida ikki barobar oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.Davlat rahbari Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan tanishar ekan, temir yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish, vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish, qatnovlar samaradorligini ta’minlash va temir yo‘lga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260909/tashkent-andijan-elektropoezd-60314745.html
o‘zbekiston
parkent tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/14/62168312_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_eae28951e4677a3a3afa5ac68b2f7faa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, parkent tumani, toshkent
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, parkent tumani, toshkent
Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga elektropoyezdda bordi
Safar davomida prezident Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan ham tanishdi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toshkent shahridan Parkent tumaniga elektropoyezdda keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning sentabridan Toshkent – Parkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.
Loyiha doirasida 535,4 milliard so‘m hisobidan 24 kilometrlik Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurildi. Bitta yangi bekat, uchta ko‘prik, avtomobil yo‘l o‘tkazgichi, 77 ta suv o‘tkazish inshooti hamda 16 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasi barpo etildi.
Shuningdek, 24 kilometrlik kontakt tarmog‘i va elektr uzatish liniyasi qurildi. Loyiha natijasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Toshkent va Parkent o‘rtasidagi umumiy masofasi 57,6 kilometr bo‘lgan yo‘nalishda oltita vagondan iborat zamonaviy “EP3D” elektropoyezdi qatnamoqda. Qiymati 124 milliard so‘mlik poyezd 586 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Ma’lum qilinishicha, elektropoyezd Toshkentdan Parkentgacha bo‘lgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib o‘tadi. Yo‘l haqi 10 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi taksi xizmati o‘rtacha narxidan 2,5 barobar arzon.
Yangi yo‘nalishda kuniga 2 ming nafargacha, yiliga esa 300 ming nafar yo‘lovchini tashish imkoniyati mavjud.
Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Vagonlar iqlim nazorati tizimi, qulay o‘rindiqlar, USB quvvatlash nuqtalari va bepul Wi-Fi bilan jihozlangan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar va moslashtirilgan joylar, velosipedlarni tashish moslamalari hamda elektron axborot tablolari o‘rnatilgan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv va to‘qnashuv paytida zarba kuchini kamaytiruvchi tizimlar nazarda tutilgan.
Safar chog‘ida prezident Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi. Xususan, yer resurslaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va mahsulotlarni qayta ishlash tarmoqlari salohiyatini kamida ikki barobar oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan tanishar ekan, temir yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish, vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish, qatnovlar samaradorligini ta’minlash va temir yo‘lga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.