https://oz.sputniknews.uz/20260909/tashkent-andijan-elektropoezd-60314745.html
Toshkent-Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi boshlanmoqda
Toshkent-Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
10 sentabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnay boshlaydi. Poyezd ikki shahar orasidagi masofani 4 soat 15 daqiqada bosib o‘tadi.
2026-09-09T13:48+0500
2026-09-09T13:48+0500
2026-09-09T13:48+0500
poyezd qatnovi
tez yurar poyezd qatnovi
temir yo‘l
jamiyat
toshkent
andijon
qo‘qon
marg‘ilon shahri
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60314346_0:65:1234:759_1920x0_80_0_0_1b2b3686d468d5b900234f8151ef657c.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. 10-sentabrdan Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘nalishida zamonaviy tezurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.Yangi elektropoyezd 730/729-sonli yo‘nalishda hozir harakatlanayotgan poyezd tarkibi o‘rnini egallaydi.Shu tariqa, Toshkentdan Andijonga safar 4 soat 15 daqiqa davom etadi.Qaytish yo‘nalishidagi 729-sonli poyezd Andijondan soat 15:38 da yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilonga 16:11, Qo‘qonga 16:43, Popga 17:11 va Angrenga 18:50 da yetib keladi. Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga kelish vaqti — 19:53.Qaytish yo‘li ham 4 soat 15 daqiqa davom etadi.Elektropoyezd to‘rtta ekonom vagondan iborat bo‘lib, jami 357 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Vagonlarda mos ravishda 95, 95, 72 va 95 tadan o‘rin mavjud.Shuningdek, 10-sentabrdan Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida harakatlanuvchi qator boshqa yo‘lovchi poyezdlarining jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260831/china-tezyurar-poez-andijan-60099792.html
qo‘qon
marg‘ilon shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60314346_69:0:1166:823_1920x0_80_0_0_99511d8b8b1245b0591bcbc5dca1c7a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
poyezd qatnovi, tez yurar poyezd qatnovi, temir yo‘l, jamiyat, toshkent, andijon, qo‘qon, marg‘ilon shahri
poyezd qatnovi, tez yurar poyezd qatnovi, temir yo‘l, jamiyat, toshkent, andijon, qo‘qon, marg‘ilon shahri
Toshkent-Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi boshlanmoqda
Yangi CRRC-Dalian elektropoyezdi manzilga 4 soat 15 daqiqada yetib boradi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. 10 sentabrdan Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘nalishida zamonaviy tezurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Yangi elektropoyezd 730/729-sonli yo‘nalishda hozir harakatlanayotgan poyezd tarkibi o‘rnini egallaydi.
730-sonli poyezd Toshkent-Yo‘lovchi vokzalidan soat 09:20 da jo‘nab, Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qo‘qonga 12:28 va Marg‘ilonga 13:00 da yetib boradi. Andijonga yetib borish vaqti — 13:35.
Shu tariqa, Toshkentdan Andijonga safar 4 soat 15 daqiqa davom etadi.
Qaytish yo‘nalishidagi 729-sonli poyezd Andijondan soat 15:38 da yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilonga 16:11, Qo‘qonga 16:43, Popga 17:11 va Angrenga 18:50 da yetib keladi. Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga kelish vaqti — 19:53.
Qaytish yo‘li ham 4 soat 15 daqiqa davom etadi.
Elektropoyezd to‘rtta ekonom vagondan iborat bo‘lib, jami 357 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Vagonlarda mos ravishda 95, 95, 72 va 95 tadan o‘rin mavjud.
Shuningdek, 10-sentabrdan Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida harakatlanuvchi qator boshqa yo‘lovchi poyezdlarining jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.