O‘zbekistonlik dzudochi Murodjon Yo‘ldoshev Xorvatiyada kumush medal oldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaDzudoist iz Uzbekistana Murodjon Yuldoshev v kategorii do 81 kg zavoyeval serebro na Gran-pri v stolitse Xorvatii Zagrebe
Dzudoist iz Uzbekistana Murodjon Yuldoshev v kategorii do 81 kg zavoyeval serebro na Gran-pri v stolitse Xorvatii Zagrebe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2026
Obuna bo‘lish
Zagrebda o‘tayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida hozircha ikkita medal bor.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Murodjon Yo‘ldoshev Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan Gran-pri turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
81 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan Yo‘ldoshev finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda u kanadalik Fransua Gotye Drapoga qarshi tatamiga chiqdi.
Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha vaqtda kanadalik dzudochi "yuko" bahosini qo‘lga kiritib, g‘alaba qozondi. Yo‘ldoshev esa musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
13–15 noyabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro turnirda 66 davlatdan 462 nafar dzudochi ishtirok etmoqda. Xalqaro dzudo federatsiyasi taqvimiga kiritilgan ushbu musobaqada sportchilar medallar bilan birga jahon reytingi ochkolari uchun ham kurashmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada besh nafar sportchi bilan qatnashmoqda. Ular orasida Parij Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova va jahon chempioni Davlat Bobonov ham bor.
Avvalroq Diyora Keldiyorova 52 kg gacha vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda fransiyalik Blandin Pontni mag‘lub etdi va jahon reytingi uchun 350 ochko oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston dzudochilari Zagrebda hozircha bitta kumush va bitta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Zagreb Grand Prix 2026. Diyora Keldiyorova zavoyevala bronzu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Dzudo: Diyora Keldiyorova Zagrebdagi Gran-prida “bronza” oldi
Yangiliklar lentasi
0