Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukraina armiyasini ta’minlagan port va energetika obyektlariga zarba berdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishZenitniy raketniy kompleks "Buk"
Zenitniy raketniy kompleks Buk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukraina armiyasini ta’minlashda ishtirok etgan energetika va port obyektlariga, shuningdek, quruq yuk kemasiga zarba berdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasini ta’minlashda ishtirok etayotgan energetika va port infratuzilmasi obyektlariga hamda dengiz kemasiga dronlar bilan zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Odessa viloyatida Rossiya zarbalari quyidagi obyektlarni nishonga oldi:
Karolino-Bugaz aholi punktidagi 110 kVli "Karolino" va Belgorod-Dnestrovskiydagi 110 kVli elektr podstansiyalari. Ular Odessa viloyatidagi port infratuzilmasi va logistika markazlarini elektr energiyasi bilan ta’minlagan.
Chernomorsk portida Ukraina Qurolli kuchlarining yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun mo‘ljallangan infratuzilma obyektlari.
Odessa portiga Ukraina qo‘shinlari uchun ikki maqsadli yuklar olib ketayotgan quruq yuk kemasi. Unga dengizda harakatlanayotgan vaqtida zarba berildi.
Bundan tashqari, Sumi shahridagi 330 kVli "Sumi Shimoliy" elektr podstansiyasiga ham zarba berildi. U Ukrainaning harbiy sanoat korxonalari va Sumi viloyatidagi logistika markazlarini elektr energiyasi bilan ta’minlagan.
Boyevaya rabota svazistov gruppirovki voysk Sentr v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zalivnoyeni ozod qildi va Ukrainadagi harbiy obyektlarga ommaviy zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0