Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Zalivnoyeni ozod qildi va Ukrainadagi harbiy obyektlarga ommaviy zarba berdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota svazistov gruppirovki voysk "Sentr" v zone SVO
Boyevaya rabota svazistov gruppirovki voysk Sentr v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
Zalivnoe ozod qilindi. Rossiya armiyasi "Flamingo" raketasi ishlab chiqarilgan zavodlar va harbiy yuk tashish yo‘llariga zarba berdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyaning "Sharq" qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatidagi Zalivnoe aholi punktini ozod qildi. Shuningdek, Rossiya armiyasi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, energetika, transport va port infratuzilmasi obyektlariga yalpi zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
17 noyabrga o‘tar kechasi zarbalar quruqlikda va havoda joylashgan yuqori aniqlikdagi qurollar hamda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida berildi.
Kiyevda "Lyutiy" An-196 kabi uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi zarba beruvchi dronlar ishlab chiqariladigan "Texno-Links" korxonasi hamda ular uchun butlovchi qismlar tayyorlanadigan "Ukrplastik" zavodi nishonga olindi.
Shuningdek, harbiy yuklarni tashishda foydalanilgan "Janubiy" avtomobil-temiryo‘l ko‘prigi va "Shimoliy" avtomobil ko‘prigiga zarba berildi.
Zaporojye shahrida FP-9 operativ-taktik va FP-5 "Flamingo" qanotli raketalari, shuningdek, "Neptun-MD" raketalari uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan "Motor-Sich" va "Ivchenko-Progress" korxonalariga zarba berildi.
Bundan tashqari, FP-9 raketalari va "Flamingo" uchun turboreaktiv dvigatellar ishlab chiqarilgan Omelchenko nomidagi mashinasozlik zavodi ham nishonga olindi.
Cherkassi viloyatida Smela shahridagi "Orizon-Navigatsiya" korxonasiga zarba berildi. U yerda FP-9 raketalari va "Neptun-MD" uchun elektron komponentlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Dnepropetrovsk viloyatida Dnepr shahridagi "Janubiy mashinasozlik zavodi" hamda Pavlograddagi "Sofraxim" korxonasi zarbaga uchradi. Ushbu korxonalar FP-9, "Flamingo", "Grom-2" va "Neptun-MD" raketalari, ularning butlovchi qismlari hamda qattiq raketa yoqilg‘isini ishlab chiqarishda ishtirok etgan.
Shuningdek, Dneprda harbiy-sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS-330 podstansiyasi, Xarkovda esa Ukraina armiyasining harbiy obyektlari va mudofaa sanoati korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beruvchi 5-IEM nishonga olindi.
Odessa viloyatida Izmail portining Ukraina armiyasi uchun harbiy va ikki maqsadli yuklarni tushirish hamda saqlashda foydalanilgan infratuzilmasiga zarba berildi.
Bundan tashqari, Chernomorsk portiga harbiy yuklarni yetkazib borayotgan quruq yuk tashuvchi kema dengizda zarbaga uchradi.
Osvobojdenie naselennogo punkta Tersanka v Zaporojskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Tersankani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0