MyGov’da muddatidan oldin pensiyaga chiqish uchun onlayn xizmat ishga tushdi

© Sputnik / Sgenerirovano IIV MyGov zapushen onlayn-servis dlya oformleniya dosrochnogo vixoda na pensiyu v 53 i 58 let
V MyGov zapushen onlayn-servis dlya oformleniya dosrochnogo vixoda na pensiyu v 53 i 58 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda korxona tugatilgani yoki shtat qisqargani sababli ishdan bo‘shatilgan fuqarolar uchun pensiyaga ikki yil oldin chiqish bo‘yicha yangi onlayn xizmat ishga tushdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim fuqarolarning muddatidan oldin pensiyaga chiqishi uchun yangi onlayn xizmat ishga tushirildi. Endi tegishli taqdimnomani rasmiylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali bepul ariza berish mumkin.
Xizmat korxona yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgani, shuningdek, xodimlar soni yoki shtati qisqargani sababli ishdan bo‘shatilgan fuqarolarga mo‘ljallangan.
Kimlar ikki yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin?
Erkaklar — 58 yoshdan boshlab, kamida 25-yillik mehnat staji bo‘lsa;
Ayollar — 53 yoshdan boshlab, kamida 20-yillik mehnat staji bo‘lsa.
Biroq buning uchun fuqaro belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilishi ham zarur.
Pensiya qanday rasmiylashtiriladi?
Ariza berilgandan so‘ng ikki ish kuni ichida hujjatlar tekshiriladi. Ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqaro 10 kun ichida bandlik bo‘limiga borib, o‘ziga mos ish taklifini olishi kerak.
Agar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab uch oy davomida maqbul ish topib berilmasa, fuqaro ishsiz deb e’tirof etiladi.
Shundan so‘ng muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirilib, Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboriladi.
Arizaga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi, mehnat staji to‘liq raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ilova qilinadi.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi, arizani elektron raqamli imzosiz ham yuborish mumkin.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi
Yangiliklar lentasi
0