Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Muddatidan oldin pensiyani rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirish lozim.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekistonda ayrim asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash tartibi belgilandi. Bu Hukumatning 28-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, mehnat shartnomasi alohida asoslar bo‘yicha bekor qilingan 58–60 yoshdagi, umumiy mehnat staji kamida 25-yil bo‘lgan erkaklar hamda 53–55 yoshdagi, umumiy mehnat staji kamida 20-yil bo‘lgan ayollar muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilishi mumkin.
Buning uchun fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tegishli so‘rov yuboradi. Arizaga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Mehnat staji to‘liq raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim etiladi.
Mahalliy mehnat organi taqdim etilgan hujjatlarni 2 ish kuni ichida tekshiradi. Shundan so‘ng ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi va unga 3 oy davomida maqbul ish topish choralari ko‘riladi.
Agar 3 oy davomida maqbul ish topilmasa, shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi. Qayd etilishicha, ushbu davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Pensiya tayinlanganidan keyin ishsizlik nafaqasini to‘lash keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi.
Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Ishlamaydigan oila a’zolariga ish staji hisoblash mumkin bo‘ladi — qancha to‘lash kerak
Yangiliklar lentasi
0