Yangi Toshkent, daraxt ekish, Namangan: Mirziyoyevning asosiy topshiriqlari

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel soveshanie po voprosam realizatsii obshenatsionalnogo proyekta "Yashil makon"
Prezident Uzbekistana provel soveshanie po voprosam realizatsii obshenatsionalnogo proyekta Yashil makon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
Yangi shahar qurilishi, ko‘chatlarning tutib ketishi hamda Namangandagi investitsiya va ish o‘rinlari bo‘yicha vazifalar belgilandi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent va “Yashil makon”, shuningdek, Namangan viloyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazdi. Ularda quyidagi asosiy vazifalar belgilandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi Toshkent
Yangi shaharda har bir investitsiya loyihasi kunlik nazoratga olinadi. Qurilish maydonlarini tayyorlash Yangi Toshkent direksiyasi orqali markazlashtiriladi. Elektr, suv, kanalizatsiya, issiqlik va yo‘l tarmoqlari binolar foydalanishga topshirilguncha tayyor bo‘lishi kerak.
Viloyatlarga ajratilgan hududlarda turar joylar bilan birga biznes va savdo markazlari, mehmonxonalar, ta’lim, tibbiyot hamda dam olish maskanlari ham barpo etiladi.
“Yashil makon”
Bahorda ekilgan ko‘chatlarning uchdan bir qismi nobud bo‘lgani tanqid qilindi. Endi ko‘chatlarning nafaqat tutib ketishi, balki uzoq yillar davomida o‘sishini ta’minlash ham asosiy mezon bo‘lishi lozim.
Kuzgi mavsumda ekiladigan ko‘chatlarning kamida 90–95 foizi tutib ketishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Har bir mahallada aholi jon boshiga kamida uch tupdan daraxt ekish, sug‘orish va parvarishni yo‘lga qo‘yish belgilandi. Suvni ko‘p talab qiladigan chim o‘rniga mahalliy gullar va butalardan kengroq foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Namangan
2027 yilda viloyat iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish, xorijiy investitsiyalarni 7–8 milliard dollarga, eksportni 1,3 milliard dollarga yetkazish imkoniyati qayd etildi. Qiymati 5,4 mlrd dollarlik yangi investitsiya takliflari tayyorlangan.
Yangi Namanganda 50 ming xonadonga mo‘ljallangan turar joylar, IT-park va farmatsevtika korxonalari tashkil etish rejalashtirilgan.
Namangan aeroportida soatiga 1,2 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan terminal hamda yiliga 21,2 ming tonna yuk qabul qilish quvvatiga ega kargo infratuzilmasi qurilmoqda.
Shuningdek, 2027-yilda 10 ming nafar yoshni Germaniya va Yaponiyada ishlash uchun til va kasb bo‘yicha tayyorlash topshirildi.
“Arashan” turizm majmuasining birinchi bosqichini 2027-yilda ishga tushirish, Chustdagi Hunarmandlar shaharchasida esa 4 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Vid na gorod Tashkent s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Toshkentda ko‘p qavatli uylar orasida kichik o‘rmonchalar barpo etiladi
Yangiliklar lentasi
0